Moskva şahrida telefonidagi geolokatsiyasi öçirilgan migrantlar röyxatdan çiqariladi. Tegişli buyruq loyihasi Rossiya Içki işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan, deb xabar berdi TASS.

Ta’kidlanişiça, migrantlarni ariza orqali röyxatdan çiqariş tartibi işlab çiqilgan. Buyruq 2025 yil 1 sentabrdan kuçga kiradi va 2029 yil 1 sentabrgaça amal qiladi.

Agar migrant öz mobil qurilmasida geolokatsiyani öçirib qöysa va uç kun davomida ilova orqali manzili haqida xabar bermasa, u 24 soat içida röyxatdan öçiriladi. Buyruq yaqinda qabul qilingan qonunni amalga oşirişga taalluqli bölib, unda vizasiz xorijliklar maxsus işlab çiqilgan mobil ilova orqali röyxatdan ötiş va öz joylaşuvi töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etiş böyiça eksperiment örnatişga qaratilgan.

Röyxatdan öçiriş uçun migrantning Rossiyadan çiqib ketgani haqidagi ma’lumotlar ham asos böladi.

Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi Moskva va Moskva viloyatida migrantlarni kuzatiş va hisobga olişning qöşimça mexanizmlarini nazarda tutuvçi eksperiment joriy etiş töğrisidagi qonunni qabul qilgan edi.

Deputatlar tomonidan taklif etilayotgan tuzatişda çet elliklar uçun quyidagilar nazarda tutilgan:

- yaşaş joyida majburiy röyxatdan ötiş;

- barmoq izlarini topşiriş;

- biometrik fotografiya;

- abonent qurilmalarining geolokatsiyasini monitoring qiliş.

Agar migrantlar haqiqiy yaşaş joyini özgartirsa, bu haqda uç iş kuni içida Içki işlar vazirligiga xabar berişi şart.