Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Ozarboyjonning Xonkandi şahrida bölib ötayotgan Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida Afğoniston boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi Abdul Ğani Birodar bilan uçraşdi.
Afğoniston boş vaziri örinbosari devonining xabar berişiça, uçraşuvda siyosiy va iqtisodiy aloqalar, temir yöl kommunikatsiyalarini rivojlantiriş, savdo, tranzit va elektr ta’minoti masalalari muhokama qilingan.
«Hozir Afğoniston va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 1 milliard dollardan oşdi, bu avvalgi körsatkiçlardan 60 foizga köp. Umid qilamizki, yaqin kelajakda bu hajm 2 milliard dollarga yetadi», dedi Birodar.
U Özbekiston tomonini afğon tovarlarini Markaziy Osiyo va Rossiyaga eksport qilişga kömaklaşişga çaqirdi.
Uning sözlariga köra, «ikki qöşni davlat ham toğ-kon sanoati, transport, tranzit, xizmat körsatiş va asosiy rivojlaniş sohalarida loyihalarni boşlaş va boşqariş orqali iqtisodiy barqarorlik, infratuzilmani rivojlantiriş va farovonlikni ta’minlaş uçun hamkorlik qilişi kerak».
Prezident Şavkat Mirziyoyev Afğoniston turli sohalarda erişilgan yutuqlarni qayd etib, Özbekiston «xalqaro platformalarda, xususan, BMTda Afğonistondagi vaziyat haqida real faktlarni yetkazişini» ta’kidladi.
Davlat rahbari mamlakat Afğonistonga, jumladan, Mozori Şarif – Hirot – Qandahor temir yöli loyihasi, töqimaçilik korxonalari, sement işlab çiqariş, neftni qayta işlaş zavodlari, tuz qazib oliş va qayta işlaş zavodlari quriş, elektron hukumatga sarmoya kiritişga tayyor ekanini qöşimça qildi.
Uning sözlariga köra, Özbekiston Afğonistonga 500 kV elektr uzatiş liniyalari qurilişi yakunlangaç, elektr energiyasi yetkazib beriş hajmini oşirişga tayyor.
Mirziyoyev, şuningdek, «afğon tovarlari, ayniqsa, qişloq xöjaligi mahsulotlarini Özbekiston orqali Markaziy Osiyo va Rossiyaga eksport qilişni osonlaştiriş böyiça alohida topşiriqlar berişini» ma’lum qildi hamda mamlakatlar örtasidagi bank hisob-kitoblarini yaxşilaş, viza tartibini soddalaştiriş, Termiz şahridagi Xalqaro savdo markazini rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Birodar va Özbekiston boş vaziri boşçiligida har uç oyda bir marta yiğilib, kelişuvlar ijrosini nazorat qiliş maqsadida qöşma işçi guruh tuzişga kelişib oldi.









