Toşkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi. Bunga aksariyat yölovçilar naqdsiz şaklda tölov qilişga ötgani sabab böldi. Bu haqda «Toşkent metropoliteni» xabar bermoqda.
Bittadan kassalar yopilgan bekatlar quyidagilar: Mirzo Uluğbek, Xalqlar döstligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Puşkin, Döstlik, Toşkent, Oybek, Tinçlik, Şahriston, Bodomzor, Minor, Abdulla Qodiriy.
Uzoq davom etgan kuzatuv va örganişlar natijalariga köra, ayni şu bekatlarda kassadan çipta xarid qiliş körsatkiçi keskin kamaygani aniqlangan. Şu bois, naqd pul körinişida tölovni amalga oşiruvçi yölovçilar soni kam bölgan metro bekatlarida kassalardan birini yopişga qaror qilingan.
Ta’kidlanişiça, yölovçilar kassa yopilgan vestibyullarda avtomatlaştirilgan tölov turlarining boşqa usullari orqali tölov qiliş imkoniyatiga ega (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boşqa tölov usullari).
«Toşkent metropoliteni» yölovçilariga qulaylik yaratiş hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida metrodan foydalanişda yöl haqini tölaşning 10 dan ortiq turi mavjud. Jumladan, QR-kodli bir martalik çiptalar 3000 sömni taşkil qilsa, boşqa tölov usullari 1700 söm va undan ham arzon... Hozirgi vaqtga kelib yölovçilarning kam sonli qismi naqd pul körişida, ya’ni kassadan QR-kodli çipta harid qilib yöl haqini tölamoqda. Raqamlarga qaraydigan bölsak, ilgari bir martalik QR-kodli çiptalardan metro yölovçilarining 45-50% foydalangan bölsa, hozirgi vaqtga kelib 6-7% ni taşkil qilmoqda», deyiladi xabarda.









