Rossiya «Tolibon»ni «birinçi bölib» tan olgani haqidagi xabarlar köplab muhim faktlarni aks ettirmaydi. Xususan, RFning Afğoniston böyiça siyosati juda ziddiyatli. Bu yurtda fuqarolik uruşining qayta boşlanişiga yöl qöymaslik va Kobuldagi hukumatning boşqa musulmon davlatlari kabi mö’tadil bölişiga erişiş uçun Özbekiston rahbariyati real sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda, deydi siyosatşunos.
Rossiya Federatsiyasi Afğoniston Islom Amirligini rasman tan olganini e’lon qildi. Matbuotda Rossiya bu borada birinçi bölgani aytilmoqda. Lekin mavzuning bir qator nyuanslari bor. Kun.uz muxbiri ayni mavzuda siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlaşdi.
— Rossiya «Tolibon»ni haqiqatan tan oldimi?
— Tan oliş jarayoni boşlandi. Tan olişning yuridik va xalqaro diplomatik qoidalari bor. Aytaylik, Rossiyada «Tolibon»ni tan oliş uçun ikki tomon örtasida tölaqonli diplomatik aloqalar örnatilişi kerak va «Tolibon»ning Rossiyaga yuborgan elçisidan işonç yorliğini taşqi işlar vazirining örinbosari emas, aynan prezident qabul qilişi lozim, çunki bu prezident vakolatiga kiradi. Lekin hali bu darajaga yetib borilgani yöq.
«Tolibon»ni tan oliş böyiça barça davlatlar yakdil emas. Kollektiv ğarb – Amerika Qöşma Ştatlari, Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar «Tolibon»ni tan olişda şoşilayotgani yöq. Birinçidan, xalqaro hamjamiyat qöygan şartlar mavjud, ikkinçidan, bugungi kunda Afğoniston va «Tolibon» ularni u qadar qiziqtirayotgani yöq.
Ular qaraşyaptiki, Afğoniston – tinç. Içki ijtimoiy yoki etnik töqnaşuvlar, mojarolar yoki fuqarolik uruşi kuzatilmayapti. Töğri, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar mavjud. Lekin bu safar «Tolibon» siyosiy tizimi birinçi versiyasiga qaraganda ança mas’uliyatliroq. Ular bu safar katta siyosiy eksperimentlar ötkaziş niyatida emas. Asosiy maqsadlari – xavfsizlik, barqarorlik, vazminlik. Lekin ma’lum bir masalalarda qöşni davlatlar va jahon hamjamiyati bilan hali kelişuvga erişilgani yöq. Çunki «Tolibon» bu – mafkuraviy harakat. Ularning siyosiy qaraşlari va diniy aqidalari özaro çatişgan. Etnik puştunlarning tarixiy an’analari dinni talqin qilişda muhim rol öynaydi.
Birinçi versiyadagi «Tolibon» 1996 yildan boşlab kuçayib, 1998 yilga kelib Afğonistonning katta qismini egallab olgan edi. 2001 yil 11 sentabr voqealaridan söng, oradan bir oy ötmay Amerika Afğonistonga kirdi va «Tolibon» hokimiyati yiqitildi.
U vaqtdagi «Tolibon» modernizm bilan, zamonaviy texnologiyalar bilan, jumladan televideniye bilan kuraşgan edi. Bu safar bu xatolarni takrorlamayapti. Birinçi versiyadagi «Tolibon» asosan etnik puştunlardan iborat bölgan bölsa, hozir ularning tarkibi ança keng. 20 yillik uruş davomida amallari va tafakkurlari özgardi. Bugungi «Tolibon» faqat etnik puştunlarni emas, balki Afğonistonni kengroq ifoda etuvçi harakatga aylandi.
— Rossiyada elçilardan işonç yorliqlarini şaxsan prezident qabul qiladi. Özbekistonda esa prezident ham, taşqi işlar vaziri ham qabul qilişi mumkin. Kuni keça Rossiyada «Tolibon» elçisi taşqi işlar vaziri örinbosariga işonç yorliğini taqdim etgan bölsa, ötgan yili «Tolibon» tayinlagan elçini Özbekiston taşqi işlar vaziri qabul qilgandi. Boş vazir Abdulla Aripov darajasidagi delegatsiya Kobulda ham bölib qaytdi. Şulardan kelib çiqilsa, Özbekiston de-fakto «Tolibon» hokimiyatini tan olgan, desak böladimi?
— Özbekiston Afğoniston borasida tinçlik, barqarorlik va rivojlanişga qaratilgan öz konseptual qaraşiga ega. Hali prezident Aşraf Ğani hokimiyatda bölgan payti, AQŞ va Ğarb koalitsiyasi Afğonistondan çiqmagan 2018 yildayoq Özbekiston «Tolibon» bilan muloqot va dialogni boşlagan edi. Mulla Barodar öşa paytda «Tolibon»ning Dohadagi ofisi rahbari edi. 2018 yilda Özbekiston ularni Samarqandga taklif qilgandi.
Ya’ni hokimiyatga «Tolibon» kelişini Özbekiston avvalroq taxmin qilgan va aloqa örnata boşlagandi.
— Aynan öşa yillari Rossiya tomoni Markaziy Osiyo davlatlarini «Tolibon» omili bilan qörqitar edi.
— Rossiyaning «Tolibon»ga nisbatan içki siyosati ham, taşqi siyosati ham öta ziddiyatli. Bir tomondan, Rossiya Ğarbga toliblar normal, Afğonistondan tezroq çiqib keting der edi. Markaziy Osiyoga kelganda esa, «Toliblar»ni olaböji qilib körsatar edi. «Hokimiyatga toliblar kelyapti, xavfsizlik kalitlarini menga bermasangiz, KXŞTga kirmasangiz, ertami-keçmi Markaziy Osiyoda vaziyat portlaydi» derdi.
AQŞning Afğoniston uruşi 20 yil – 2001 yildan 2021 yilgaça davom etdi. Şunday ma’lumotlar borki, bu davrda Rossiya Federatsiyasi yaşirinça, ba’zan esa oşkora «Tolibon»ni töliq qöllab-quvvatladi, hatto qurol-aslahalar yetkazib berdi. Maqsad – AQŞning u yerda mağlub bölişiga erişiş edi. Vaholanki, Rossiya 2003 yilda «Tolibon»ni terroristik taşkilot deb tan olgandi.
Rossiyaning yana bitta notöğri aytayotgan joyi bor. Xitoy Xalq Respublikasi allaqaçon «Tolibon» bilan Rossiyadan ham yuqoriroq rasmiy darajada muloqotlarni örnatib bölgan. 2024 yil yanvarda toliblar elçisidan işonç yorliğini Si Jinpingning özi qabul qilgan.
Bugungi kunda Afğoniston içkarisida kuçli geosiyosiy raqobat ketyapti deyiş noörin böladi. «Tolibon» qudratli davlatlarning geosiyosiy öyiniga öynaşga moyil emasligini körsatdi. Xitoy yoki Rossiyaning komandasiga kirib ketgani yöq. Imkon qadar mustaqil geosiyosiy kurs olib borişga harakat qilayotgandek. Hozirça menda şunday tasavvur şakllanib ulgurdi.
Bir vaqtlar Rossiya «Tolibon»ga yaşirinça Markaziy Osiyoga bosim qiling degan holatlar böldi, lekin «Tolibon» bunday qilmadi. «Tolibon» tafakkurida musulmon bölmagan davlatlarning manfaatlari uçun nega beşta musulmon davlatni qörqitişim kerak, degan yondaşuv bordek körinadi.
Afğonistonni normallaştiriş va dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinişi borasida asosiy lobbiçilik qilayotgan davlat – bu Özbekiston. Buni Afğoniston yaxşi tuşunyapti. Lekin dunyo davlatlari bu mamlakat borasida şijoat körsatmayotgandek.
Şu bilan birga, «Tolibon»ning özi ham dunyo hamjamiyati bizni tezroq tan olsin deb şoşilayotgani yöq. «Biz sabrlimiz, tan oliş sizlarning manfaatingizga töğri kelsa, xursand bölamiz, kim biz bilan hamkorlik qilmoqçi bölsa, biz ham tayyormiz, kimki bizga tahdid qilsa, kuraşişga ham tayyormiz» degan pozitsiyada turgandek. Esingizda bölsa, Donald Tramp saylov kampaniyasi paytida AQŞ qöşinlarini Afğonistonga qaytariş haqida aytgandi. Öşanda «Tolibon»: «Marhamat, biz sizni kutyapmiz» degan mazmunda gapirgandi, şundan keyin Tramp bu gapini takrorlamadi.
Suhbatni töliq şaklda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.
















