Koreya Respublikasi hukumati içki talabni qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida mamlakatning barça fuqarolariga 150 ming von (110 dollar) tölaşga qaror qildi. Bu haqda Korea Herald xabar berdi.
«Iste’molçi sertifikati»ni 21 iyuldan 12 sentabrgaça oliş mumkin. Kuponlar 30 noyabrgaça amal qiladi. 18 iyun holatiga köra Koreya Respublikasida istiqomat qilgan barça fuqarolar (taxminan 50 mln kişi) tölovni olişi mumkin.
Tölovlar miqdori oluvçining ijtimoiy holatiga qarab özgaradi. Kam ta’minlangan fuqarolar va töliq bölmagan oilalar kişi boşiga 300 ming von (220 dollar) oladi. Maxsus dastur böyiça davlat ijtimoiy nafaqalarini oluvçi şaxslar 400 ming von (293 dollar) oladi. Qişloq joylari aholisi qöşimça 30 ming von (22 dollar), maxsus maqomga ega 84 ta munitsipalitet rezidentlari esa qöşimça 50 ming von (36 dollar) oladi.
Telekanal ta’kidlaganidek, tölovlar abituriyentlarning kredit va debet kartalari, belgilangan miqdorga ega debet kartalari yoki sovğa sertifikatlari körinişida amalga oşirilişi mumkin. Biroq, mablağlarni faqat yaşaş hududida sarflaş mumkin.
Yonhap agentligi ma’lumotlariga köra, xorijliklar heç qanday tölov olmaydi, biroq, doimiy «propiska»ga ega bölgan şaxslar, Koreya Respublikasi fuqarolarining turmuş örtoği yoki qoçqinlar bundan mustasno.
22 sentabrdan 31 oktyabrgaça 100 ming von miqdorida tölovlarning ikkinçi bosqiçi ham rejalaştirilgan bölib, undan fuqarolarning 90 foizi foydalanişi mumkin böladi – bundan eng yuqori daromadga ega bölgan 10 foiz aholi mustasno.









