Germaniya kansleri Fridrix Mers 4 iyul, juma kuni ertalab AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon suhbatida Oq uy rahbarini Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirişga çaqirdi. Boşqa masalalar qatorida Ukraina havo mudofaasini kuçaytiriş imkoniyatlari muhokama qilindi, deb yozadi Germaniyaning Der Spiegel haftalik naşri.

Bu ma’lumotni Reuters agentligiga Germaniya hukumati rasmiy vakili Ştefan Kornelius tasdiqladi. Uning jurnalistlarga aytişiça, Germaniya Rossiyadan öqqa tutişning kuçayişi fonida Ukraina havo mudofaasini kuçaytiriş uçun AQŞdan Patriot qurilmalarini sotib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Der Spiegel naşri yozişiça, telefon orqali suhbat çoğida Tramp Mersga heç qanday va’da bermagan. Bundan taşqari, haftalik xabariga köra, Germaniya kansleri va Amerika prezidenti xalqaro savdo masalalarini muhokama qilgan.

Birozdan keyin AQŞ prezidenti ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplaşdi. Zelenskiy bu suhbatni «muhim va samarali» deb atadi. Uning sözlariga köra, tomonlar «havo hujumidan mudofaa masalalarini muhokama qilib, Ukraina osmonini himoya qilişni kuçaytiriş ustida işlaşga kelişib oldi».

Bundan taşqari, mudofaa mahsulotlarini birgalikda işlab çiqariş va sarmoya kiritiş imkoniyatlari muhokama qilindi. «Biz AQŞ bilan töğridan töğri hamkorlik qilişga tayyormiz va bu xavfsizlik uçun, ayniqsa, uçuvçisiz uçoqlar va unga aloqador texnologiyalarga nisbatan juda muhim, deb hisoblaymiz», dedi Ukraina prezidenti.