"Malakali işçilar, xomaşyo, investitsiyalar va standartlaştiriş sohasidagi hamkorlikni tartibga soluvçi qator ikki tomonlama kelişuvlar natijasida, bugun Germaniya biznesining Markaziy Osiyoning eng köp aholiga ega mamlakati bilan aloqalari tobora keng qamrovli va mustahkam bölib bormoqda", – deydi Iqtisodiy aloqalar Şarqiy qömitasi boşqaruvçi direktori Mixael Xarms.

Ta’kidlanişiça, Dyusseldorf Savdo-sanoat palatasida Germaniya–Özbekiston işbilarmonlar kengaşining (DUWIRAT) 9-yiğilişi bölib ötdi. Unda ikki mamlakatning 100 ga yaqin biznes vakillari iştirok etdi. DUWIRAT– Germaniya va Özbekiston örtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş maqsadida 2015 yilda taşkil etilgan ikki tomonlama platformadir.

Ma’lum qilinişiça, Şarqiy Yevropa iqtisodiy aloqalar qömitasi va Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi örtasida texnik standartlar va normalarni uyğunlaştiriş sohasida hamkorlik kelişuvi imzolangan.

"Uşbu kelişuvdan közlangan asosiy maqsad normativ tösiqlarni kamaytiriş va nemis kompaniyalarining Özbekiston bozoriga kirişini osonlaştirişdir", – deyiladi qömita xabarida.