AQŞ prezidenti Donald Tramp 4 iyul, juma kuni keçqurun soliqlarni kamaytiriş va AQŞ davlat qarzining çegarasini 4 trillion dollardan ortiqroqqa oşiriş mumkinligi haqidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi. «Bu yaxşi», — deya öz xatti-harakatlarini izohladi u hujjatni Oq uyda önlab respublikaçi qonunçilar qurşovida marker bilan imzolab.
«Amerika ğalaba qozonmoqda, ğalaba qozonmoqda, heç qaçon bölmaganidek ğalaba qozonmoqda», — deya qöşimça qildi Tramp hujjatni imzolaganidan söng AQŞ Mustaqillik kuniga bağişlangan marosimni yakunlab. Yaqinda Eron yadro inşootlarini bombardimon qilgan uçuvçilar tadbirga taklif etilganlar orasida edi, deb xabar beradi AFP.
AQŞ Kongressining vakillar palatasi Senat tomonidan ma’qullanganidan köp ötmay, 3 iyul kuni prezident tomonidan ilgari surilgan «katta ajoyib» qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat kam farq bilan qöllab-quvvatlandi: 218 kongressmen «yoqlab», 214 nafari qarşi çiqdi.
Qonun loyihasi soliqlarni pasaytiriş, immigratsiya xizmatlarini moliyalaştirişni oşiriş va kambağallar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari va boşqa ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarning tibbiy xarajatlarini tölaşga yordam beradigan Medicaid dasturiga xarajatlarni kamaytirişni nazarda tutadi. Şu bilan birga, u mudofaa sohasiga, xususan, «Oltin gumbaz» raketalarga qarşi mudofaa tizimini rivojlantirişga sarflanadigan xarajatlarni oşirişni nazarda tutadi.
Taşabbusning eng aşaddiy muxoliflaridan biri milliarder va Tesla asosçilaridan biri Ilon Mask bölib, u Trampning qonun loyihasi mamlakat aholisini qarz çuqurligiga olib kelişini da’vo qilmoqda. Maskning hujjatni tanqid qilişi tadbirkor va davlat rahbari örtasida janjal va haqorat almaşinuviga sabab böldi.

















