Ayni kunlarda Kun.uz’ga Toşkent şahri va respublikaning turli hududlaridan yangi qurilgan uylarni gazga ulaşda mummolar yuzaga kelayotgani haqida murojaatlar köpaydi.
Xususan, bir guruh odamlar poytaxtda 2024 yilning yozida kadastri çiqqan uyga 1 yildan beri gaz berilmayotganidan şikoyat qilişyapti.
Boşqa bir holatda esa Qoraqalpoğiston Respublikasida yaşovçi murojaatçi gaz ulanişi uçun barça talab qilinadigan hujjatlar töliq topşirilganiga qaramay asossiz ravişda uşbu jarayon amalga oşirilmayotganidan norozi bölyapti.
Holatga aniqlik kiritiş maqsadida Kun.uz muxbiri oxirgi 2 oyda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xodimlariga «Yangi uylarni tabiiy gazga ulaş töxtatildimi?» degan mazmundagi savol bilan bir neça marta yuzlandi, ammo heç qanday javob ololmadi.
Quriliş vazirligi axborot xizmati esa binolarni qanday turdagi energiya ta’minoti bilan ta’minlaş masalasini Energetika vazirligi hal qilişini, bu borada ularda heç qanday vakolat yöqligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyidagi selektrda 18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani uçun foydalanişga qabul qilinmay turilgani ma’lum qilingandi.
Şuningdek, mutasaddilarga işçi guruhi tuzib, har bir holatni örganib, masalaning yeçimi böyiça hukumatga taklif kiritiş topşirilgandi.
«Bu yil 135 ming xonadonli köp qavatli uylarni markazlaşgan holda isitiladigan, ovqat pişiriş esa elektr plitasi orqali böladigan qilib quriş zarurligi qayd etildi», – deyilgandi rasmiy xabarda.
Bu esa 2025 yildan boşlab yangi qurilgan xonadonlarda tabiiy gaz bölmasligi mumkinligini anglatadi. Ammo şu paytga qadar oçiq manbalarda mazkur özgarişni ifoda etuvçi qonun hujjati e’lon qilinmadi.









