Rossiya Adliya vazirligi «nomaqbul taşkilotlar» reyestrini töldirdi. Röyxatga Litvada röyxatdan ötgan "Yevrosiyo zararni kamaytiriş uyuşmasi" va Germaniyadagi "Yevropa barqarorlik taşabbusi markazi" kirdi. Yangilangan reyestr agentlik saytida 4 iyul, juma kuni e’lon qilindi.
Ulardan birinçisi Markaziy va Şarqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida giyohvandlik vositalari va psixofaol moddalarni iste’mol qiluvçilarga yordam bilan şuğullanadi. Ikkinçi taşkilotning rasmiy missiyasi «Yevropada demokratiyani mustahkamlaş», uning asosçisi Rossiyadan Germaniyaga köçib kelgan siyosatşunos Sergey Sumlenniy.
May oyi oxirida Rossiya hukumati Amnesty International (AI) inson huquqlari taşkilotini «nomaqbul» deb e’lon qildi. Rossiya Boş prokuraturasiga köra, AI'ning Londondagi ştab-kvartirasi «global rusofobik loyihalarni tayyorlaş markazi» hisoblanadi.
Rossiya qonunçiligida 2015 yildan beri «nomaqbul taşkilotlar» maqomi qonuniy ravişda mavjud. Ularning Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritişi ma’muriy va jinoiy javobgarlik tahdidi ostida taqiqlangan. Uşbu taşkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.









