Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Moldova-Yevropa Ittifoqi örtasidagi birinçi ikki tomonlama sammitda Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi afzalliklarini ta’kidladi. «Agar Moldova Yevropa Ittifoqiga qöşilsa, biz hammamiz xavfsizroq, mustahkamroq va birdam bölamiz», dedi fon der Lyayyen 4 iyul, juma kuni Kişinyovda sammit oçilişida.
Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Yevropa kelajagi va mustaqillikka intilişini qöllab-quvvatlaş uçun «Moldova tomonida».
Bu Moldova uçun bunday formatdagi birinçi tadbirdir. Sammitda Ursula fon der Lyayyendan taşqari YeIdan Yevropa Kengaşi raisi Antoniu Koşta ham iştirok etdi. Ularni mamlakat prezidenti Mayya Sandu tantanali marosim bilan kutib oldi. Iştirokçilar orasida Moldova parlamenti spikeri Igor Grosu va boş vazir Dorin Reçan ham bor edi.
Kişinyov sammiti yakunlari böyiça e’lon qilingan qöşma deklaratsiyada «Kopenhagen mezonlariga muvofiq, işonçli islohotlar va qadr-qimmat tamoyili asosida Moldovaning Yevropa Ittifoqiga kiriş jarayonini tez sur’atda ilgari suriş» majburiyati tasdiqlandi.









