Amerikalik milliarder Kennet S. Griffin Sotheby’s auksionida AQŞda qullikni taqiqlovçi hujjatni sotib oldi, deb yozmoqda My Weekend.

Qayd etilişiça, hujjatning qiymati komissiya tölovlari bilan hisoblaganda 13,7 million dollarni taşkil etgan. Qullikni taqiqlovçi hujjat AQŞning 16-prezidenti Avraam Linkoln tomonidan imzolangan. Uşbu çora AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan 13-tuzatiş sifatida mustahkamlangan.

Senat 1864 yilda, Vakillar palatasi 1865 yilda uşbu tuzatişni qabul qilgan. Biroq ba’zi ştatlar, jumladan, Kentukki (1976) va Missisipi (1995) 20-asrda uni ratifikatsiya qilgan.

Griffin, şuningdek, 1864 yilda Linkoln tomonidan imzolangan Qullarni ozod etiş töğrisidagi proklamatsiyani 4,4 millionga sotib olgan.

Öz bayonotida milliarder bu hujjatlar «insonlar tengligi ğoyasini jamiyatda mustahkamlab, ulkan taraqqiyot bosqiçi bölgani»ni ta’kidlagan.

Kennet S. Griffin — Citadel xej-fondi asosçisi, san’at sohasidagi eng yirik kolleksioner va homiylardan biri. U ARTnews Top 200 Collectors röyxatiga kiritilgan va Jasper Jons, Villem de Kuning Jyekson Pollok va Pol Sezann kabi rassomlarning asarlariga egalik qiladi.