AQŞ va Rossiya prezidentlari örtasida olti marta telefon orqali muloqot ötkazilgan bölsa-da, Ukraina böyiça aniq natijaga erişilmagani global siyosatda savollar uyğotmoqda. Bu holat Donald Trampning vositaçilik roliga, Ğarbning izolyatsiya siyosatiga va AQŞning harbiy-iqtisodiy salohiyatiga oid muhim muammolarni yuzaga çiqarmoqda. «Geosiyosat»da ekspertlar ikki yetakçi atrofidagi suhbat va Ukrainaga yordam masalasi yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.

— Nega AQŞ va Rossiya prezidentlari örtasida bölib ötgan 6 martalik telefon suhbatidan keyin ham Ukraina böyiça «heç qanday muvaffaqiyat» kuzatilmadi?

— Jahongir Akramov: Qaysidir ma’noda Donald Tramp Putinni diplomatik izolyatsiyadan olib çiqdi. U Ğarb diplomatiyasining 2022 yildan beri amalga oşirib kelingan yakkalaş siyosatini nolga tenglaştirdi. Şuningdek, tomonlar olti marta suhbatlaşib ham natijaga erişa olmagan ekan, keyingi eskalatsiyaga tayyormi degan savolni yuzaga keltiradi.

Aynan ehtimoliy yettinçi suhbat natija berişi uçun Donald Tramp iqtisodiy yoki harbiy-siyosiy eskalatsiyaga yöl qöyib, sanksiyalar, turli vositalar bilan Rossiyani majbur qiliş yöliga öta olişi kerak. Hozirgi holatda Trampning Zelenskiy va Putinga nisbatan munosabatlari ikki xilligi uning real vositaçi roliga ham putur yetkazyapti. Ya’ni Ukrainaga qurol yetkazişni töxtatiş va Rossiyaga nisbatan heç qanday amaliy bosim yöqligi buning isboti.

Ikkinçidan, hozirgi Rossiya rahbariyati Tramp eskalatsiyaning keyingi bosqiçiga tayyor emasligi, Bayden davridagi kabi qarorlar qabul qilolmasligini anglab turibdi. Bir yil avval Ukraina Yevropa Ittifoqiga ham qöşilişiga qarşi emasmiz, degan bayonotlar bildirgan Rossiya hozirgi vaqtda kerak bölsa, neytral, umuman heç qanday ittifoqqa qöşilmaslik talablarini ham kötariş ehtimoli yuqori bölib turibdi.

Buning ustiga Pentagonning Ukrainaga Patriot tizimlari uçun raketalarni yetkazib berişni töxtatib turiş töğrisidagi qarori – Rossiyaning yozgi katta yurişiga motivatsiya beradi. Bu holat AQŞning Yevrosiyodagi strategik imkoniyatlariga katta zarba böladi, deyiş mumkin. Çunki hozirgi vaziyat – 1945 yildan beri AQŞ tomonidan taklif qilingan xavfsizlik arxitekturasini juda katta söroq ostiga solib qöyyapti. Ğarb davlatlari Trampning barça talablarini deyarli bajaryapti, masalan, NATOni moliyalaştiriş masalasida YaIMning 5 foizigaça oşirişga rozi.

— Hamza Boltayev: Ğarb davlatlari moliyalaştirişining özi bilan jang maydonidagi masala hal bölib qolmaydi. Hozirda Amerika Qöşma Ştatlaridagi işlab çiqariş salohiyati yildan yilga kamayişi harbiy salohiyatga juda katta ta’sir körsatdi.