«PSJ» ikki çetlatişdan keyin ham ğalabani saqlab qoldi
KJÇ. Çorakfinal
«PSJ» - «Bavariya» 2:0
5 iyul. Atlanta. «Mersedes-Bens»
Gollar: Dezire Due, 78 (1:0), Usmon Dembele, 90+6 (2:0).
«PSJ»: Donnarumma, Hakimi, Markinos, Paço, Mendeş, Ruis (Zair-Emeri, 80), Vitiniya, Neveş, Barkolya (Dembele, 70), Due (Ernandes, 80), Kvaratsxeliya (Beraldo, 84).
«Bavariya»: Noyyer, Upamekano, Ta, Kimmix, Keyn, Koman (Myuller, 80), Olise, Laymer, Musiala (Gnabri 46), Satanişçiç (Boe 34, Gerreyro, 88), Pavloviç (Goretska, 80).
Ogohlantirişlar: Laymer, 68 (Bavariya), Dyye, 76 (PSJ).
Çetlatişlar: Paço, 82 (PSJ), Ernandes, 90+2 (PSJ).
«PSJ» klublar örtasidagi jahon çempionati yarimfinaliga çiqdi. Luis Enrike şogirdlari ikki kişi kam bölib qolganiga qaramay, «Bavariya»ni mağlub etişning uddasidan çiqdi.
«Al-Hilol» va Lotin Amerikasi vakillari iroda va sifatli futbol bölan barçani hayron qoldirdi, ammo köpçilikni Yevropaning grand jamoalari töqnaşuvi qiziqtirardi. «Bavariya» va «PSJ» esa aynan şunday jamoalardir.
Töğri, ikki jamoaga ham turnir davomida savollar paydo böldi. Parijliklar guruh bosqiçida «Botafogo»ga yutqazib qöydi (0:1), Luis Enrikening hujum çiziği esa sermahsullik körsata olmayapti. «Bavariya» «Oklend Siti»ni tor-mor etganidan keyin (10:0) boşqa bunday kuçli öyin namoyiş etmadi — Vensan Kompani juda köp rotatsiya qildi va bu öyin sifatiga ta’sir körsatmay qolmadi. Guruh bosqiçida myunxenliklar kutilmaganda «Benfika»ga yutqazdi (0:1), 1/8 finalda «Flamengo» tösiğidan qiynalib ötdi (4:2).
Ikki klub ham — töpga egalik qilişni yoqtiradigan jamoalar sirasiga kiradi, şu tufayli öyindagi asosiy intriga hududlarga kim egalik qiliş masalasi bölişi oldindan tayin edi. Kompani va Enrike töpga egalik qilişga urğu qaratiladigan dominant futbol namoyiş etadi va bunday jamoalar pley-offda uçraşganida, öyin qanday keçişini kuzatiş doim qiziq böladi.
Ilk daqiqalarda öyinda «PSJ» ustunlik qiladigandek köringandi — öyin boşlangani haqidagi huştak çalinganidan köp ötmay Xviça töpni Olisedan olib qöydi va Duega pas berdi, hujumçi olis burçakni aniq nişonga olişiga bir neça santimetr yetmay qoldi. 10-daqiqaga kelib esa maydonning «Bavariya» raqib jarima maydoni joylaşgan ikkinçi qismida muqim örnaşib olib, ketma-ket pozitsion hujumlar uyuştira boşladi. Asosiy urğu Laymer, Kimmih va Olise öziga xos uçburçak hosil hosil qilgan öng qanotda faol öynaşga qaratildi — uşbu futbolçilardan töpni olib qöyiş amalda imkonsiz edi. Ikkinçi qanotdagi Komanga olis uzatmalar bilan töp yetkazib berildi va u köp hollarda raqibning faqat bir himoyaçisi qarşisida qoldi.















