Assalomu alaykum. Bugun 6 iyul, yakşanba. Ötgan hafta davomida dunyoda yangi uruş boşlanmadi. Şunaqa davrda yaşayapmizki, yangi uruş boşlanmaganini yaxşi xabar sifatida qayd etişga majburmiz. Ortda qolayotgan haftada Trampning Putindan xafsalasi pir böldi. Rossiya va Ozarboyjon örtasida diplomatik nizo avj oldi. Moskva «Tolibon»ni rasman tan oldi. Endi Rossiyada qöşnimizni rasman Afğoniston Islom Amirligi deb ataşadi. Quyida bir hafta içida dunyoda nimalar bölganini birgalikda eslaymiz.
Xafsalasi pir Tramp
Hafta davomida AQŞ prezidenti Tramp rossiyalik hamkasbi Putin bilan telefonda gaplaşdi. Bu – ikki prezidentning Tramp hukumatga qaytganidan keyin amalga oşirgan oltinçi suhbati böldi. Saylov kampaniyasi vaqtida «Uruşni bir kunda töxtataman», deb katta ketgan Tramp uruşni boşlagan odam bilan olti martalab telefonda gaplaşib ham heç nima qilolmadi: uruş töxtamadi, issiq örni va oilasini taşlab zax okopda uruşayotgan ukrainlar, ruslar ölişda davom etmoqda. Janob Tramp uruşni töxtatiş uning emas, göşakning narigi tomonidagi odamning qölida ekanini asta-sekin tuşunib yetayotganga öxşaydi.
Oxirgi suhbatdan keyin Tramp Putindan xafsalasi pir bölganini aytdi. «Putin uruşni töxtatadigan odamga öxşamaydi», dedi AQŞ prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda.
Avvalroq Amerika Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun öqdori berişni töxtatgani ma’lum bölgandi. Putin bilan suhbatdan keyin Tramp Ukrainaga havo mudofaasi böyiça yordam berişini aytdi. Ya’ni, Putin va Trampning telefon suhbati Ukraina uçun foydali bölgan körinadi.
Isroil – HAMAS muzokarasi
Eron bilan uruşni tugatgan Isroil yana Ğazoni bombardimon qilişga kirişdi. HAMAS allaqaçon Isroilga xavf tuğdirmayapti, guruh oxirgi marta qaçon Isroilga qölbola raketa uçirgani ham esdan çiqib ketdi. Lekin Isroil butun bino qolmagan, yuz minglab odamlar xarobadan xarobaga qoçib jon saqlayotgan Ğazoga raketa uçirişni bas qilmayapti. Oldingi videolarda aytganimizdek, HAMAS qölida bir uyum asirlar qolayotgani Isroil hukumati uçun ayni muddao bölib, Netanyahu hukumati ularni bahona qilib istalgan vaqtda uruş boşlayveradi. Isroil amaldagi hukumati uçun uruş taxtda qoliş vositasiga aylanib qolganiga endi köpçilik şubha qilmayapti.
Hafta davomida AQŞ Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh taklif qildi. Isroil uni qabul qildi, HAMAS esa muzokaraga tayyor ekanini aytdi. Isroildagi hukumat taxtdan ayrilmaslik uçun Ğazoni tinimsiz bombalayotganini aytdik, lekin HAMAS nega asirlarni qöyib yubormayotgani tuşunarsiz. Axir bir neça oy avval e’lon qilingan sulh takliflarida ham asirlar ozod qilinsa, uruş tugaşi aytilgandi. Isroil bir neçta asirni ozod qiliş uçun ön minglab tinç aholi vakillarini öldirgani ham HAMASni asirlarni ozod qilişga unday olmayapti...








