Yaman husiyçilari gipertovuşli ballistik raketa bilan Isroil poytaxtidagi Ben-Gurion aeroportiga zarba berdi. Bu haqda «Ansar Alloh» harakati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, husiyçilar zarba berişda özlari tomonidan muhim texnologik yutuq deya ta’riflanadigan «Falastin-2» raketasidan foydalangan. U 2024 yilda Ğazoni qöllab-quvvatlaş operatsiyasi uçun yaratilgan edi.
Zarba nişonga tekkan va aeroportdagi harakatning töxtatilişiga olib kelgan.
Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) tunda Yaman tomonidan uçirilgan raketalar muvaffaqiyatli tutib qolinganini ma’lum qilgandi. Ölik dengiz atrofi va Ördun daryosining Ğarbiy sohilidagi ayrim hududlarda sirenalar yangragan.
Isroil va HAMAS örtasida uruş boşlanganidan keyin husiyçilar bir neça bor Isroilga ballistik raketalar hamda dronlar bilan hujum qildi. Ular bu işni Ğazo sektoridagi falastinliklarga birdamlik belgisi sifatida amalga oşirayotganliklarini ta’kidlab keladi.
Bundan oldin husiyçilar iyun oxirlarida Isroilning Beer-Şeva şahriga raketa hujumlarini amalga oşirgandi. Şundan keyin mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats Yamanga «Tehronning taqdirini» va’da qilgan edi.









