Hakamlar hay’ati avstraliyalik ayol Erin Pattersonni uç kişini qasddan öldirganlikda va yana bir kişini öldirişga urinişda aybdor deb topdi. Bu haqda AP xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 2023 yil yozida Patterson sobiq erining ota-onasini, uning xolasi va uning erini keçki ovqatga taklif qilgan va ularga göştli/qöziqorinli taom bergan. Keyinçalik, sobiq erining ota-onasi va xolasi zaharlanişdan vafot etgan, biroq şifokorlar xolasining eri hayotini saqlab qolişga muvaffaq bölgan.

Ta’kidlanişiça, Pattersonning sobiq eri ham keçki ovqatga taklif qilingan, biroq u kelmagan.

Ma’lum qilinişiça, Patterson va sobiq eri örtasida aliment böyiça ziddiyat bölgan. Ayol erining ota-onasidan yordam kutgan, biroq, ular mojaroga aralaşmagan.

Pattersonning advokatlari sudda zaharli qöziqorinlar taomga tasodifan tuşib qolganini va unda qotillik niyati bölmaganini ta’kidladi.

Hakamlar hay’ati öz qarorini qabul qiliş uçun olti kun muhokama ötkazdi. Endi Pattersonga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda, hukm keyinroq e’lon qilinadi.