2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning Ğazo sektoriga hujumlari boşlanganidan buyon qurbonlar soni 57 418 nafarga yetdi, deb xabar berdi Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi. Birgina sönggi 24 soat içida Ğazo kasalxonalariga 80 qurbon jasadi va 304 yarador olib kelindi.
Falastin ma’muriyati ma’lumotlariga köra, 18 mart kuni hujumlar qayta boşlanganidan beri Isroil armiyasi 6860 kişini öldirgan, 24 220 kişi jarohat olgan.
Ğazoda uruş boşlanganidan beri jami yaradorlar soni 136 261 kişiga yetdi. Jasadlari topilmagan minglab halok bölganlar hamon binolar vayronalari ostida qolmoqda.
Alohida ta’kidlanişiça, 27 maydan buyon «Ğazoga insonparvarlik yordami» jamğarmasi doirasida AQŞ va Isroil homiyligida taşkil etilgan gumanitar hududlarda falastinliklarga nisbatan tizimli hujumlar qayd etilgan. Uşbu hujumlar natijasida 751 kişi halok böldi, 4 931 kişi jarohat oldi.










