Talabgorlar imtihon boşlanişidan bir yarim soat oldin tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelişlari kerak.
Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi:
➖ kiriş imtihoni ötkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelişingiz va imtihondan söng özingiz bilan olib ketişingiz;
➖ imtihonlar ötkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirişingiz;
➖ imtihonga kelişdan oldin farzandingizning ovqatlanişiga ham e’tibor qaratişingiz kerak (turli yoğli va imtihon jarayonida öquvçini behuzur qiladigan taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi).
Mazkur tartiblarga rioya qilişingiz farzandingizning imtihon jarayonida özini yaxşi his qilişiga yordam beradi.
Imtihonlar 3 ta smenada bölib ötadi:
▪️1-smena: soat 8:00 da;
▪️2-smena: soat 12:00 da;
▪️3-smena: soat 17:00 da;
Qöşimça savollar uçun 1206 qisqa raqamiga qönğiroq qiliş mumkin.









