"Özbekiston-Krasnoyarsk ölkasi" logistika tarmoğini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratildi, bu, birinçi navbatda, yaqin kelajakda Özbekiston meva-sabzavotlarini import qiluvçi alohida transport-logistika markazini taşkil etişni nazarda tutadi.
Özbekiston boş konsuli Aslam Akbarov Krasnoyarsk ölkasi bozorida mahalliy mahsulotlar örnini mustahkamlaş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, qişloq xöjaligidan taşqari, Özbekistonda bolalar ovqatlari işlab çiqarişni yölga qöyiş, şuningdek, Krasnoyarsk ölkasining töqimaçilik sanoati uçun mamlakatdan import qilinadigan asbob-uskunalar va materiallar hajmini oşiriş masalasini körib çiqiş taklif etildi.
Öz navbatida, Rossiya tomoni ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş maqsadida sentabr oyida Krasnoyarsk şahrida Surxondaryo, Farğona va Samarqand viloyatlari işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes-forum ötkaziş taklifiga rozi böldi.
Bundan közlangan asosiy maqsad oziq-ovqat, farmatsevtika, çarm sanoati sohalarida şartnomalar imzolaş, şuningdek, neft-gaz sanoatida qöşma korxonalar va turli meva-sabzavot ekinlarini yetiştiriş böyiça kompaniyalar taşkil etişdan iborat.
Boş konsulxona tomonidan ilgari surilgan joriy yilning kuz faslida Krasnoyarsk ölkasi yirik tadbirkorlarining Özbekiston hududlariga alohida biznes missiyasini taşkil etiş taklifi qöllab-quvvatlandi.
Muzokaralarda ta’lim sohasidagi hamkorlik asosiy mavzuga aylandi. Tomonlar özbekistonlik talabalar sonini Krasnoyarsk ölkasining yetakçi oliy öquv yurtlarida budjet yoki grant asosida öqitiş uçun köpaytiriş masalalari xususida fikr almaşdi.
Muloqot çoğida, şuningdek, turizm sohasidagi özaro hamkorlik jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Krasnoyarsk ölkasi gubernatori ma’muriyati rahbari örinbosari Yuliya Filatova va Turizm agentligi rahbari Yelena Nedbaylo Krasnoyarsk turoperatorlarining Özbekistonga, ayniqsa, gastronomik, etno va tarixiy turizm kabi yönalişlarda sayyohlik oqimini köpaytirişga qiziqişi ortib borayotganini ta’kidladi.
Şu munosabat bilan Krasnoyarskning yetakçi turoperatorlari uçun Özbekistonga info-tur taşkil etişga kelişib olindi.









