Xarkivda 7 iyul, duşanbaga ötar keçasi Rossiya dronining hujumi natijasida kamida 23 kişi jabrlandi, deb xabar bermoqda «Ukrainskaya pravda» naşri. Bir neçta dronlar köp qavatli turar joy binolariga kelib tegdi. Şaharning Şevçenko tumanida 15 kişi, jumladan, ikki bola jarohatlangan. Xarkivning Slobodskiy tumanida yana 8 jabrlangan qayd etildi, ular orasida uç yoşli qiz ham bor, deb yozdi Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Oleg Sinegubov 7 iyul kuni ertalab Telegramʼdagi kanalida.

«Hozirda uç nafar jabrlanuvçi şifoxonalarga yetkazilgan, ulardan biri yoş bola», — dedi Sinegubov mahalliy vaqt bilan soat taxminan 7:40 da. Voqea joyida qutqaruv işlari davom etmoqda.

VHM rahbarining sözlariga köra, Xarkivning Şevçenko tumanidagi köp qavatli uylardan biriga Rossiya uçuvçisiz uçoği urilgani natijasida 8-qavatda yonğin sodir bölgan. Avvalroq Oleg Sinegubov xuddi şu hududda 9-qavatda yonğin çiqqani haqida xabar bergan edi. Bu xuddi şu bino ekani aniqlaştirilmagan.

Öz navbatida, Xarkiv meri Igor Terexov Telegram-kanalida Slobodskiy tumanida zarbalar turar joy hududiga yönaltirilganini aytdi. «Ikkinçi holatda ular fuqarolik obektini nişonga olgan», — deya qöşimça qildi u.