5-6 iyul kunlari Ukraina dronlarining Rossiyaga yopirilma hujumi Rossiya fuqaro aviatsiyasida transport inqiroziga olib keldi. Rossiya hududlari osmonida dronlar paydo bölişi tufayli Rossiyaning 10 dan ortiq şaharlaridagi aeroportlar yopildi. Rossiya aeroportlaridagi bu inqiroz aviakompaniyalarga kamida 40 milliard rublga tuşdi, deb hisoblaydi «Kommersant».
«Predstavitel Rosaviatsii» telegram-kanali ikki kun davomida Ivanovo, Kaluga, Pskov, Tambov, Kirov, Nijniy Novgorod, Yaroslavl, Ijyevsk, Saratov, Ulyanovsk aeroportlarida «havo kemalarini qabul qiliş va çiqariş vaqtinçalik çeklangani» haqida xabar berdi. Bu vaqtda Sankt-Peterburgdagi «Pulkovo», Moskvadagi «Vnukovo», «Domodedovo», «Jukovskiy», «Şeremetevo» aeroportlari ham yopilgandi.
Eng oğir vaziyat «Şeremetevo», «Pulkovo» va «Çkalov» (Nijniy Novgorodda) aeroportlarida yuzaga keldi.
Rossiya temiryöllari hatto Moskva va Peterburg orasida qöşimça poyezdlarni yölga çiqarişiga töğri keldi.
Rosaviatsiya Moskva vaqti bilan 5 iyul kuni keçqurundan 7 iyul tongiga qadar Rossiya aviakompaniyalari 485 reysni bekor qilgani, 88 ta samolyot zaxira aerodromlariga yönaltirilgani, 1,9 ming reysning uçib ketiş va uçib keliş vaqtlari keçiktirilgani, 43 mingta çipta majburan qaytarilgani haqida ma’lum qilgan.
Bundan taşqari, parvozlar jadvalidagi özgarişlar tufayli 94 ming kişi mehmonxonalarga joylaştirilgan, keçiktirilgan reyslarning yölovçilariga içimliklar uçun qariyb 200 ming, oziq-ovqat uçun 155 ming vauçer berilgan.
Yarim milliard dollar
Rossiya aeroportlaridagi inqiroz kompaniyalarga kamida 40 milliard rublga tuşdi. Bu raqamni «Kommersant» gazetasi aviatsiya ekspertlari yordamida aniqlagan.
Gazeta hisob-kitoblariga köra, butun mamlakat böylab jadvallarda aks etadigan bunday kollapsda bir kunda aviakompaniyalarning qöşimça xarajatlari (bekor qiliş, köçiriş, bortni zaxira aerodromga köçiriş va boşqalar) örtaça 20 milliard rublga yetişi mumkin. Şunga köra, bu ikki kundan köproq vaqt içida – kamida 40 milliard rubl yoki taxminan 507 million dollar deganidir.
Lekin bu taxminiy raqamlar. Şu bilan birga, bu raqamlar yölovçilarning qöşimça xarajatlari va ularga körsatiladigan boşqa xizmatlar, şuningdek, turli harbiy va fuqarolik xizmatlarining boşqa xarajatlarini öz içiga olmagan.











