Kiyev meri Vitaliy Kliçko Germaniyadan Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi keng kölamli harbiy tajovuziga qarşi mudofaa uçun keyingi harbiy yordamga umid qilmoqda. 6 iyul, yakşanba kuni Bild am Sonntag gazetasida çop etilgan maqolasida u Germaniya kansleri Fridrix Mersni Ukrainani TAURUS qanotli raketalari bilan ta’minlaşga çaqirdi.
«Kansler Fridrix Mers bundan avval juda töğri ta’kidlagan ediki, Rossiyaning tinç aholi obektlariga tinimsiz hujumlari TAURUS raketalari yetkazilişiga olib kelişi kerak. Germaniyaning yangi hukumati öz sözida turadi, deb umid qilamiz», — deb yozadi Kiyev meri Bild uçun maqolasida.
Kliçko Rossiyaning öz mamlakatiga qarşi uyuştirgan harbiy tajovuzini har kuni keçasi tobora keskinlaşib borayotgan «sof terror» deb atadi. «Faqat bizning şahrimizda ikki mingta bino vayron böldi, yaradorlar va halok bölganlar soni ortib bormoqda», — dedi u.
Kiyev merining sözlariga köra, Putin öt oçişni töxtatiş, tinçlik va uruşni tugatişni istamasligini yaqqol körsatdi. «Putinning maqsadlari mutlaqo aniq. U qançalik qimmatga tuşmasin, butun Ukrainani öz nazorati ostiga olmoqçi. Va agar biz uni Ukrainada birgalikda töxtatmasak, u keyin boşqa mamlakatlarga kirib keladi», — deya işonç bildirdi Kliçko.












