Rossiyaning Nijniy Novgorod şahri aeroportida migrantlarni markirovka qiliş boşlandi. Bu haqda «MK» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, endi vataniga qaytayotganlar orqa tomonida «Podlejit vydvoreniyu» (Çiqarib yuborilişi şart) degan yozuvli yorqin nimça kiyişi şart.
Ta’kidlanişiça, bu çora nazoratni kuçaytiriş va migrantlar qoçib ketişining oldini oliş maqsadida joriy qilingan: IIV ma’lumotlariga köra, deportatsiya qilinayotgan şaxslarning ruxsatsiz çiqib ketiş holatlari, ayniqsa, sud qarori bilan ketişini kutayotganlar orasida tez-tez uçramoqda.
Xabarga köra, endi vizual belgilar xodimlarga bunday odamlarni boşqa yölovçilar orasida darhol tanib oliş imkonini beradi.
Nijniy Novgorod viloyati Içki işlar vazirligining ta’kidlaşiça, kelajakda bu amaliyotni temiryöl vokzallari, şuningdek, vaqtinçalik hibsxonalarda ham qöllaş rejalaştirilgan.









