Ğarbda muammolar köproq va ular Rossiyanikiga qaraganda ança keskin. Ammo Ğarb davlatlari öz ijtimoiy tizimlarini rivojlantirişdan köra, Kiyevni qöllab-quvvatlaşga pul sarflaşni afzal köradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalq fronti tomonidan taşkil etilgan «Hammasi ğalaba uçun!» forumida sözlagan nutqida aytib ötdi, deya xabar beradi TASS.

Uning sözlariga köra, birgina Butunrossiya xalq fronti liniyasi orqali yetkazib berilgan Rossiya dronlari qiymati 2 milliard dollardan ortiq «duşman texnikasi»ni yoqib yuborgan. «Ğarb davlatlarining soliq tölovçilari bu raqamlarni eşitsin va ularning hukumati soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş (u yerda köp muammolar bor, biz buni yaxşi bilamiz), uy-joy va kommunal xizmatlar, iş haqini oşiriş örniga öz xalqining pullarini qayerga sarflayotgani haqida öylasin», — dedi Putin. 

U Yevropaga köp miqdorda köçib ötayotgan muhojirlarni iş bilan ta’minlaşni yana bir şunday yönaliş sifatida tilga oldi. «Ularni iş bilan ta’minlaş kerak, toki ular mahalliy fuqarolarning işini emas, balki kerakli joyda işlasin. Bu har doim ham amalga oşavermaydi. Hamma joyda ham şunday muammolar köp. Bizda ham bor. Lekin ularda yanada ötkirroq muammolar bor. Rossiyaga nisbatan şu paytgaça olib borilgan siyosatni qança davom ettirsa, şunça yomon böladi», — dedi Rossiya prezidenti.