AQŞning Erondagi manfaatlarini ifodalovçi Şveytsariyaning Tehrondagi elçixonasi Eron va Isroil örtasidagi keskinlaşuv fonida vaqtinça yopilganidan söng qayta oçildi. Bu haqda Şveytsariya Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan elçixona öz faoliyatini 20 iyun kuni töxtatdi. Mintaqadagi keskinlik pasaygaç, elçining şaxsan iştiroki bilan missiya qayta oçildi.
«Tehrondagi elçixona elçi iştirokida qayta oçildi. Bu qaror keng qamrovli xavf tahlili va Eron va AQŞ bilan maslahatlaşuvlardan söng qabul qilindi», — deyiladi Şveytsariya TIV rasmiy bayonotida.
Bayonotda, şuningdek, Şveytsariya AQŞning Erondagi manfaatlari vakili sifatida harakat qilişda davom etişi ta’kidlangan.
Tehron va Vaşington örtasida diplomatik aloqalar yöqligi sababli ikki davlat örtasidagi muammolar Şveytsariya vositaçiligida hal qilinadi.









