AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni heç qanday tafsilotlarni keltirmasdan Qöşma Ştatlar Ukrainaga qurollarning yangi partiyalarini yuborişi haqida gapirdi. Pentagon esa darhol qurollarni jönatiş allaqaçon boşlangani haqida e’lon qildi.

«U töxtamayotganidan hafsalam pir böldi. Biz ularga yana köproq qurol yubormoqçimiz. Biz buni qilişimiz kerak. Ular özlarini himoya qila olişi kerak. Ularga hozir juda qattiq zarba berişyapti. Biz yana qurol-yaroğ yuborişimizga töğri keladi, ha, asosan mudofaa xarakteridagi qurol-yaroğlar. Lekin ularga juda, juda qattiq zarba berişadi. Bu tös-töpolonda şunça odam halok bölmoqda», – dedi Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga. Naşrlar xabar berişiça, u Putinning xatti-harakatlaridan norozi ekanini takrorlagan.

Tramp yangi yordam haqida batafsil gapirmadi: bu Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan keçki ovqat oldidan turli mavzulardagi qisqa savol-javoblar edi.

«Prezident Trampning körsatmasi bilan mudofaa vazirligi Ukrainaga qöşimça mudofaa qurollarini yuboradi, şunda ukrainaliklar biz barqaror tinçlikka erişiş uçun işlayotganimizda özlarini himoya qilişlari mumkin böladi», – deyiladi Pentagon matbuot kotibi Şon Parnellning Tramp bayonotidan köp ötmay vazirlik saytida paydo bölgan bayonotida.

Bu qanday qurol ekaniga Parnell aniqlik kiritmadi.

AQŞ harbiy idorasi matbuot kotibi bir vaqtning özida butun dunyo böylab AQŞ harbiy yordamini tekşiriş davom etayotganini ta’kidladi. Amerika rasmiylari Ukrainaga harbiy yordam töxtatilişini şunday tekşiruv bilan izohlagandi.

Ötgan hafta avvaliga OAVda, keyin rasmiy manbalarda Pentagon Ukrainaga qurol-yaroğ yuborişni töxtatgani ma’lum bölgandi.

2 iyul kuni ğarbdagi nişrlar Qöşma Ştatlar Ukrainaga öq-dorilar, jumladan Patriot tizimi uçun tutuvçi raketalar, Stinger köçma zenit-raketa tizimlari, NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimi va F-16 qiruvçi samolyotlari uçun raketalar yetkazib berişni qisman töxtatgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar bu Ukraina qurolli kuçlarining Rossiyaning kuçayib borayotgan havo hujumlarini qaytariş qobiliyatiga öta zararli ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidlagandi.

7 iyul kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Ukrainaga yetkazib berişdagi töxtaliş Qöşma Ştatlar butun dunyo böylab harbiy ta’minot strategiyasini qayta körib çiqayotgani bilan boğliqligini aytdi.

«Bu Pentagon tomonidan nafaqat Ukrainaga, balki dunyoning barça mamlakatlari va mintaqalariga körsatilayotgan barça qurollar, barça yordam böyiça standart tekşiruvdir», – dedi Levitt brifingda va tekşiruv AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegsetning topşiriği bilan amalga oşirilayotganini tasdiqladi.