Foto: Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi

Sönggi paytlarda internet va ijtimoiy tarmoqlarda davolovçi bilakuzuklar reklamalari köpaydi. Videolarda bilakuzuklar qator kasalliklarga, jumladan, boş va böğim oğriği, çarçoq, uyqusizlik, ortiqça vazn hamda immunitet pasayişi kabi holatlarga qarşi samarali vosita sifatida körsatilmoqda. Ularning soğlomlaştiruvçi, tiklovçi, hatto ruhiy va jismoniy holatni yaxşilovçi xususiyatlarga ega ekani aytiladi.

Biroq buni asoslovçi ilmiy manbalar, ya’ni bilakuzuklarning ta’sir mexanizmi, qaysi laboratoriya yoki klinik şaroitlarda sinovdan ötgani, şuningdek, rasmiy soğliqni saqlaş taşkilotlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlari mavjud emas. Mazkur vaziyat taklif etilayotgan “davolovçi” mahsulotning real terapevtik samarasini şubha ostida qoldirmoqda.

Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi odamlarni reklama vositasida bozori gullayotgan bunday mahsulotlarni xarid qilişdan oldin diqqatliroq bölişga çaqiradi. Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, agar bilakuzuk “soğliqqa ta’sir körsatadi” deb e’lon qilinayotgan bölsa, u, albatta, klinik sinovlardan ötgan, soğliqni saqlaş organlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlarga ega bölişi kerak.

Aks holda, bu reklama çalğituvçi yoki notöğri ma’lumot tarqatuvçi kontent sifatida baholanadi. Özbekiston Respublikasi “Reklama töğrisida”gi qonuniga asosan, noaniq, çalğituvçi yoki haqiqatga töğri kelmaydigan reklama tarqatiş javobgarlikka sabab böladi.