Sentyabr oyidan Niderlandiyaning F-35 köp maqsadli yaşirin qiruvçi samolyotlari Norvegiya bilan birgalikda Polşa ustidan NATO havo hududini qöriqlaydi. Bu haqda X ijtimoiy tarmoğida Niderlandiya mudofaa vaziri Ruben Brekelmans ma’lum qildi.

«Biz NATOning şarqiy qanotini himoya qilişimiz Niderlandiya xavfsizligi uçun muhim», — dedi idora rahbari. «Biz Rossiyani şunday tiyib turib, Ukrainaning ta’minot liniyalarini himoya qilamiz».

Brekelmansning qöşimça qilişiça, Niderlandiya Polşa bilan harbiy hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça şartnoma imzolamoqda. Uning sözlariga köra, bu qöşma maşğulotlar sonining köpayişiga, şuningdek, havo mudofaasi va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikning mustahkamlanişiga olib keladi.

30 iyun kuni Norvegiya Mudofaa vazirligi NATOning havo va raketalarga qarşi mudofaa tizimi doirasida Polşaga F-35 qiruvçi samolyotlari yuborilişini e’lon qildi. Idoraga köra, bu hissa Jyeşuv-Yasenki aeroporti atrofida va Polşa havo hududida xavfsizlikni ta’minlaşga yordam beradi.

«F-35 samolyotlari kuzda xizmat olib borişni boşlaydi», — deyiladi press-relizda. Norvegiya mudofaa vaziri Tore Sandvik bu qadamlar Varşava va Kiyevni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, mamlakatning NATO oldidagi majburiyatlariga muvofiq amalga oşirilayotganini ta’kidladi.

May oyi oxirida Niderlandiya F-16 qiruvçilarini Ukrainaga topşirişni yakunladi. Niderlandiya samolyotlarni topşirişdan taşqari, uçuvçilar va texniklarni tayyorlamoqda hamda öz harbiy doktrinalarini Ukraina bilan bölişmoqda, dedi Brekelmans öşanda ittifoqçilarni yana Ukrainaga maksimal darajada yordam berişda davom etişga çaqirib.