Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi çet elda rossiyaliklar uçun turlar taşkil qiluvçi operatorlarga soliq joriy qilmoqçi. Taklifni tegişli qömita raisi, «Novyye lyudi» fraksiyasi a’zosi Sangaji Tarbayev berdi. Uning sözlarini Absatz internet naşri keltirgan.
«Uşbu çora joriy etilişi mumkin, ammo bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qilişini körişimiz kerak», dedi u. «Bundan taşqari, katta ehtimol bilan jismoniy şaxslar uçun emas, balki yuridik şaxslar, ya’ni faoliyat bilan şuğullanuvçi turoperatorlar uçun tölov joriy etilişi kerak», — deya qöşimça qildi parlamentariy.
Sangaji Tarbayevning sözlariga köra, 2024 yilda Rossiya fuqarolari tomonidan elektron yöllanmalar uçun ötkazilgan umumiy summa taxminan 700 milliard rublni taşkil etgan. Agar har bir yöllanma uçun soliq qöşilsa, bu uning narxini 200-300 rublga oşiradi, u holda Rossiyada soha ehtiyojlari uçun har yili taxminan 5-7 milliard rubl ajratiş mumkin – ular mamlakat infratuzilmasini rivojlantirişga yönaltiriladi, dedi deputat.
Uning ta’kidlaşiça, mablağlar, xususan, Baykal köli, Oltoy va Kareliya ekologiyasini saqlaşga ajratilişi mumkin. Şu bilan birga, yiğim joriy etiş böyiça yakuniy qaror barça iqtisodiy xavflarni baholagandan keyingina qabul qilinadi, dedi Tarbayev.











