AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatiş böyiça harakatlari kontekstida RF prezidenti Vladimir Putinni keskin tanqid qildi.
«Köp odam ölmoqda va bu töxtatilişi kerak. Töğrisini aytganda, biz Putindan faqat behuda gaplarni eşityapmiz. U doimo juda xuşmuomala, ammo oxir-oqibat bundan heç qanday foyda bölmadi», – degan u.
Tramp Putin bilan muloqot qilişga tayyorligini aytgan, ammo RF prezidentidan «norozi» ekanini qayd etgan.
Tramp, şuningdek, senator Lindsi Grem tomonidan taklif qilingan Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketini «juda jiddiy» körib çiqayotganini ta’kidladi. U tegişli savolga batafsil javob berişdan boş tortdi: «Xöş, men buni sizga aytmagan bölardim. Kiçik syurpriz qilmaymizmi?»
Sönggi haftalarda Tramp Putin haqida tobora köproq salbiy fikrlar bildirmoqda. 3 iyul kuni bölib ötgan sönggi telefon muloqotidan keyin u Rossiya-Ukraina masalasida oldinga siljiş yöqligidan «hafsalasi pir bölgani»ni aytgan va Rossiya prezidenti uruşni töxtatişga «tayyor» ekaniga şubha bildirgandi.
Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasi ilk bor aprel oyida e’lon qilingan di, şundan beri 100 nafar senatordan 80 nafardan ortiği uni qöllab-quvvatladi. Hujjat Rossiya bilan savdo qiluvçi va şu bilan birga Ukrainaga yordam bermaydigan mamlakatlarning barça mahsulotlariga 500 foiz miqdorida Amerika bojlarini joriy etişni nazarda tutadi.












