AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) sobiq direktori Jon Brennan va Federal qidiruv byurosining (FQB) sobiq direktori Jyeyms Komiga nisbatan jinoiy iş oçildi. U Rossiyaning 2016 yilgi AQŞ prezidentlik sayloviga aralaşuvi işi tergovi böyiça sodir etilgan qonunbuzarliklar bilan boğliq, deb xabar berdi Fox News.
MRB direktori Jon Retkliff FQB direktori Keş Patelga Jon Brennanning ehtimoliy huquqbuzarligini isbotlovçi materiallarni topşirdi, jumladan, Kongressga yolğon sözlagani haqidagi. Jyeyms Komi ham tergov ostida, biroq u nimada gumon qilinayotgani haqida batafsil ma’lumot yöq. Fox News telekanalining ikki manbasi FQB Brennanning Komi bilan munosabatlariga «fitna» sifatida qaralayotganini aytdi.
Retkliff Markaziy razvedka boşqarmasining içki hisobotini e’lon qildi, unda u Brennanning 2017 yilgi razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin respublikaçi Donald Trampga 2016 yilda demokrat sifatida prezidentlikka nomzod bölgan Hillari Klintonni mağlub etişga yordam berişga urinayotgani haqidagi xulosasini keskin tanqid qilgan.
Brennan va Komiga qanday ayblovlar qöyilişi noma’lum. The New York Times gazetasining yozişiça, tergov umuman ayblovga olib keladimi yoki yöqmi, hozirça aniq emas.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 9 iyul kuni jurnalistlarga tergov haqida matbuotda öqiganlaridan boşqa heç narsa bilmasligini aytdi. «Ammo men sizga aytaman, menimça, ular juda noinsof odam. Menimça, ular juda insofsiz. Va ular buning uçun jazolanişi mumkin. Menimça, ular haqiqatan ham yomon va insofsiz odam», dedi Tramp.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Fox News telekanaliga bergan intervyusida Brennan va Komi tergov qilinayotganidan xursand ekanini aytdi.
AQŞ rasmiylari avvalroq Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik sayloviga aralaşuvini tekşirgan edi. Işga rahbarlik qilgan maxsus prokuror Robert Myuller Rossiya saylovga aralaşgan, ammo Donald Tramp va uning saylovoldi kampaniyasi bilan til biriktirmagan degan xulosaga keldi. Rossiya rasmiylari har doim saylovga aralaşişini rad etib kelmoqda.
2018 yilda AQŞ hukumati peterburglik tadbirkor Yevgeniy Prigojin va «trollar fabrikasiga» aloqador yana 12 kişini 2016 yilgi prezidentlik sayloviga aralaşişda ayblagan edi. 2023 yilda Prigojin «trollar fabrikasini» yaratganini tasdiqladi, garçi uning vakillari avvalroq tadbirkorning uşbu tuzilmaga aloqadorligini rad etgan bölsa-da.











