TIV ma’lumotiga köra, tomonlar delegatsiyalariga Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov va Ozarboyjon taşqi işlar vaziri örinbosari Samir Şarifov rahbarlik qildi.
Muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqotni oliy va yuqori darajalarda yanada mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi.
Ikki mamlakat örtasidagi taşriflar almaşinuvi masalalarini birgalikda işlab çiqiş, şuningdek, özaro munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Şuningdek, taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi Ozarboyjon taşqi işlar vaziri Jyeyhun Bayramov tomonidan qabul qilindi.











