Qayd qilinişiça, Yangi Kamolon mahallasida 4 ming 600 nafardan ziyod aholi yaşaydi. Ta’kidlanişiça, 60 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida mahalla yoşlari iş bilan band. Bu yil hunarmandlar maskani, dala mahsulotlari va qandolatçilik dökonlari, novvoyxona taşkil etildi, xususiy tibbiyot punkti oçildi. Natijada mahalla işsizlikdan xoli hududga aylangan.

Şu yerda Şayxontohur tumani «Islohotlar ştabi» faoliyati töğrisida axborot berildi.

- Şayxontohurda hunarmandçilik azaldan bölgan. Bugun ham tumanda odamlarni iş bilan, daromad bilan ta’minlaşda bu katta manba. Şuning uçun Şayxontohur misolida xizmatlar sohasini rivojlantiriş böyiça yangi çora-tadbirlar rejasini qabul qilamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Aholi xavfsizligini ta’minlaş, jinoyatlarning oldini oliş maqsadida mahalla inspektori xonasida situatsion markaz taşkil etilgan. Unga köp qavatli uylarning yölaklaridagi kuzatuv kameralari va içki işlar tizimining xavfsizlik dasturlari boğlangan. Ta’kidlanişiça, bu yil mahallada bironta ham jinoyat bölmagan.

«Yangi Kamolon» boşqaruv servis kompaniyasi mahalladagi 21 ta köp qavatli uyga xizmat körsatadi. Ustalar va maxsus texnikalar doim şay holatda. Hisob-kitoblarda billing tizimi yölga qöyilgan. Bu yil markaziy issiqlik quvurlari izolyatsiya qilindi, elektr tarmoqlari va uylarning yölaklari ta’mirlandi. Ayrim uylarga yangi lift örnatildi.

Davlat rahbari kelgusida boşqaruv servis kompaniyasi binolarini köp qavatli qilib qurib, yoşlar uçun kasb-hunar öquvlari, maişiy xizmat şoxobçalarini joylaştiriş böyiça körsatma berdi. Bu yerdagidek kiçik kutubxonalarni boşqa mahallalarda ham taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi. Mahalla ayvonida aholi bilan suhbat böldi.

- Sönggi yillarda köp korxonalar oçildi, iqtisodiyot ösyapti. Şu bilan birga, yoşlarimiz ham yetişib kelyapti. Ularning ta’lim-tarbiyasi, soğligi, iş örinlarini hozirdan öylaşimiz kerak. Şuning uçun bu yil Toşkent şahriga 8 milliard dollar investitsiya olib kelyapmiz. Buning hisobidan Şayxontohurda ham yangi-yangi iş joylari, ta’lim maskanlari, infratuzilma inşootlari böladi, - dedi prezident.