Dohada davom etayotgan oğir muzokaralar, Ukrainada uşlangan xitoylik josuslar va Trampdan yangi «maktublar» – kun dayjesti
|19:25 / 10.07.20255 58510 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Ğazo: oğir muzokaralar davom etmoqda
Vaşingtonda bölib turgan Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu sönggi ikki kun davomida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan ikki marta uçraşdi. Unda asosan Ğazoda garovga olinganlarni ozod qiliş masalasi kötarilgan. Seşanba oqşomida ötkazilgan uçraşuv rejadan taşqari bölgan hamda unga OAV vakillari kiritilmagan. Uçraşuv tafsilotlari haqida «juda kam ma’lumot» çiqqani esa sulh böyiça qandaydir tösiq yuzaga kelganiga işora bölişi mumkin.
Bu orada Dohada sulh böyiça muzokaralar davom etayotganiga qaramay, Isroil Ğazo hududini bombardimon qilişni ham davom ettirmoqda. Netanyahu jurnalistlarga bergan bayonotida Ğazodagi harbiy amaliyot yakunlanmaganini tan olgan, ammo «muzokaraçilar sulh ustida iş olib bormoqda», degan.
Hamas rasmiysi Toher al-Nono Reuters agentligiga bergan izohida «oğir muzokara bosqiçi» davom etayotganini aytdi. Şunga qaramay, Ğazoda sulh böyiça olib borilayotgan muzokaralar doirasida Hamas 10 nafar garovdagilarni ozod qilişga rozi bölganini bildirdi. Ular muzokaralarni «oğir»ligiga sabab qilib Isroilning «murosasizligini» körsatmoqda. Dohada ötkazilgan tört kunlik muzokaralarda uçta asosiy masala böyiça heç qanday muhim siljiş bölmagan:
Ğazo sektoriga gumanitar yordam oqimini erkin ta’minlaş;
Isroil kuçlarining çekiniş çiziqlari;
Doimiy sulhga olib boruvçi kafolatlar.
Manbaga köra, Isroil Ğazo hududining uçdan bir qismini, xususan, Rafah va Xon-Yunus şaharlari orasidagi Morag yölagini nazoratda saqlab qolişni talab qilmoqda. Yordam masalasida esa Isroil AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan «Ğazo Insonparvarlik Fondi» tizimiga amal qilişda qat’iy turib olgan. Bu tizim BMT va insonparvarlik taşkilotlari tomonidan xavfsiz emas deb baholangan va kamida 613 kişining ölimiga sabab bölgani tanqid qilingan.
HAMAS manbasi hal etilmagan muammolar sonini uçta desa, Trampning Yaqin Şarq böyiça vakili Stiv Uitkoff bu son hozirda törttadan bittagaça qisqarganini aytib, hafta oxirigaça vaqtinçalik sulhga erişiş borasida optimist ekanini bildirgan.
Ukrainada xitoylik josuslar uşlandi
Mavzuga oid
Kiyevda Ukrainaning «Neptun» raketasini işlab çiqarişga aloqador maxfiy hujjatlarni mamlakatdan olib çiqib ketişga uringan ikki nafar xitoylik qölga olindi.
Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, «xitoylik josuslar»dan biri Kiyevdagi texnika universitetining 24 yoşli sobiq talabasi. U 2023 yilda öqişdan haydalgan bölsa ham Kiyevda qolgan. Qölga olingan ikkinçi şaxs — uşbu yigitning otasi bölib, u «öğlining razvedka faoliyatini şaxsan muvofiqlaştiriş uçun» Ukrainaga tez-tez kelib turgan.
Ukraina xavfsizlik xizmati versiyasiga köra, xitoylik talaba maxfiy materiallarni qölga kiritiş uçun qurollar işlab çiqarişga aloqador Ukraina fuqarosini oğdirib olişga uringan. Ammo u darhol kuzatuv ostiga olingan va texnik hujjatlarni topşiriş vaqtida uşlangan. Şundan keyin uning otasini qölga oliş operatsiyasi amalga oşirilgan. Erkak hujjatlarni XXR maxsus xizmatlariga topşirişi kerak bölgan.
Tintuv vaqtida har ikki şaxsning ham telefonlari olib qöyilgan, qurilmalarda ularning josuslik faoliyatini isbotlovçi ma’lumotlar mavjud. «Josuslik»da gumonlanayotgan şaxslar 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Xitoyning Kiyevdagi elçixonasi hozirça vaziyatga izoh bermadi. Reutersʼning yozişiça, Ukrainaga josuslikda ayblanib, XXR fuqarolarining hibsga olinişi 2022 yilda boşlangan Rossiya tajovuzidan beri birinçi marta sodir bölmoqda.
Ukraina Qurolli kuçlari uruş boşlangandan beri uzoq masofaga möljallangan «Neptun» raketalaridan foydalanib kelyapti. Ular soatiga 900 kilometr tezlikda 300 kilometr masofaga uça oladi. Ukrainalik harbiylar aynan «Neptun» yordamida 2022 yili Rossiya Qora dengiz flotining flagmani — «Moskva» raketa kreyserini yöq qilgandi.
BMTning Falastin böyiça maxsus ma’ruzaçisi Françeska Albanezeni xalqaro jinoiy sud tomonidan AQŞ va Isroilga qarşi çoralar körişga qaratilgan harakatlari uçun AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritildi.
Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
«Bugun men Françeska Albanezega, BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining maxsus ma’ruzaçisiga, amerikalik va isroillik amaldorlar, kompaniyalar va rahbarlarga nisbatan Xalqaro jinoiy sudni harakatga keltirişga qaratilgan noqonuniy va şarmandali urinişlari uçun sanksiyalar joriy etdim», — deb yozgan Rubio.
Uning sözlariga köra, Albanezening AQŞ va Isroilga qarşi siyosiy va iqtisodiy uruş yuritiş harakatlariga bundan buyon toqat qilinmaydi. AQŞ bu yönalişda barça zarur çoralarni körişda davom etadi.
«Biz har doim hamkorlarimizning özini himoya qiliş huquqlarini qöllab-quvvatlaymiz», — dedi davlat kotibi.
Avvalroq AQŞ BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişga murojaat qilib, Françeska Albanezeni egallab turgan lavozimidan böşatişni söragan edi. 1 iyulda e’lon qilingan yozma bayonotda AQŞning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Albanezeni lavozimidan çetlatiş va uni qoralaşni talab qilingan. Bayonotda aytilişiça, agar bu borada heç qanday çora körilmasa, nafaqat BMTning obröyiga putur yetadi, balki AQŞ ham javob çoralarini körişga majbur böladi.
BMT maxsus ma’ruzaçisi Isroil Ğazoda amalga oşirayotgan genotsid va unga yordam berayotgan davlatlar, kompaniyalar haqida sönggi paytlarda keskin bayonotlar berişni boşlagan edi. Hususan, u yaqinda taqdim qilgan hisobotida «noqonuniy bosib oliş va genotsid iqtisodiyotidan foyda körayotgan AQŞning köplab harbiy, texnologik va moliyaviy kompaniyalari» haqida yozgandi. Şuningdek, BMT rasmiysi hamma davlatlarni Isroilga töliq qurol embargosini joriy etişga va iqtisodiy aloqalarni uzişga çaqirgan.
Nvidia — dunyodagi eng qimmat korporatsiyaga aylandi
AQŞning texnologik giganti — Nvidia korporatsiyasi 9 iyul kuni tarixda ilk bor 4 trillion dollarlik bozor qiymatiga erişgan ommaviy kompaniyaga aylandi. Kompaniyaning aksiyalari 2,6% ga oşgan, bu esa sun’iy intellekt texnologiyalariga bölgan talabning ortayotganini aks ettiradi.
Nvidia Apple va Microsoft'ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat korporatsiyaga aylandi. Ilgari Apple va Microsoft 3 trillion dollarlik qiymatga erişgan edi.
1993 yilda Kaliforniyada taşkil etilgan bu kompaniya 2024 yil fevralida 2 trillion dollarlik qiymatni, 2024 yil iyunida esa 3 trillionni bosib ötgan.
Nvidia AI protsessorlari va uskunalariga bölgan talabning keskin oşişidan, ayniqsa ChatGPT kabi sun’iy intellekt çat-botlari rivojlangaç, katta daromad oldi.
GPU — grafik protsessorlar bozorida yetakçilikni saqlab qolayotgan kompaniya AI vazifalari va katta til modellari yaratişda zarur bölgan uskunalarni yetkazib beradi. 2025 yil may oyida e’lon qilgan moliyaviy hisobotida yillik savdo hajmi 69% ga oşgani, bu esa data-markazlar bölimidagi 73% lik ösiş tufayli yuz bergani körsatilgan.
Nvidia Xitoy bozoridan çiqarib yuborilgani va AQŞ hukumati tomonidan bosimlarga uçrayotganini hisobga olsa, bunday ösiş kutilmagan böldi, deyiş mumkin.
Makron Ğazoda öt oçişni töxtatişga çaqirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniyaga uç kunlik taşrifi davomida Vestminster saroyida parlamentariylar oldida çiqiş qildi.
Fransiya prezidenti uruşning Yevropa qit’asiga qaytişi bilan dunyo tartibi hujumga uçraganini va xalqaro qoidalar beqarorlaştiruvçi kuçlar tomonidan buzilayotganini aytdi.
Makron – Buyuk Britaniyaning Ikkinçi jahon uruşida Fransiyani qöllab-quvvatlaganiga işora qilib, hozirda Ukrainaga ham xuddi şunday yordam körsatilayotganini ta’kidladi.
«Rossiya Ukrainadagi har bir olğa siljişi bilan – tahdid barçamizga yaqinlaşmoqda», dedi u. Makron Yevropa heç qaçon Ukrainani yolğiz qoldirmasligini ta’kidladi.
Şuningdek, Makron öz nutqida Isroil tomonidan şiddatli hujum va blokada ostida bölgan Ğazo sektoridagi sulh muzokaralariga ham töxtaldi. Uning ta’kidlaşiça, Fransiya Yaqin Şarqda tinçlik uçun boşqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi.
Trampdan yangi maktublar
AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan boşlab yana yetti davlatdan keladigan mahsulotlarga yangi boj stavkalari joriy etişini e’lon qildi. Tramp özining Trurh Social tarmoğida e’lon qilgan maktublariga köra:
Filippin — 20%
Bruney va Moldova — 25%
Şri-Lanka, Iroq, Jazoir va Liviya — 30% boj tölaydi.
Tramp uşbu davlatlar rahbarlariga alohida yuborgan xabarlarda quyidagilarni ta’kidladi: «Biz siz bilan oldinga yurişga qaror qildik, lekin bu faqat muvozanatli va adolatli savdo asosida böladi".
Unga köra, bu stavkalar AQŞ va mazkur davlatlar örtasidagi savdo nomutanosibligini bartaraf etiş uçun zarur bölgan darajadan ham pastroq.
Tramp ogohlantirişiça, yuqori bojlarni çetlab ötiş maqsadida boşqa davlatlar orqali mahsulotlarni qayta eksport qiliş holatlari aniqlansa, bu tovarlarga ham yuqori stavkalar qöllanadi. Bundan taşqari, agar uşbu davlatlar AQŞga qarşi boj stavkalarini oşirsa, AQŞ bunga javoban öz stavkalarini yana oşiradi.
Oldinroq Tramp — asosiy savdo hamkorlari Yaponiya va Janubiy Koreyaga, şuningdek qöşnimiz Qozoğiston doxil önlab davlatlarga 25 dan 40 foizgaça boj stavkalari e’lon qilgandi.