Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning alyansda yetakçi rol öynaş istagini tasdiqladi. «Kelgusi yillarda biz NATOning Yevropa ustunini mustahkamlaşda yetakçi rol öynaymiz», dedi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) raisi 9 iyul, çorşanba kuni Berlinda Germaniya Şimoliy Atlantika ittifoqiga qöşilganining 70 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda.
Mers uning hukumati Bundesverni Yevropa Ittifoqidagi eng qudratli armiyaga aylantiriş uçun qöşimça moliyaviy resurslardan foydalanişiga va’da berdi, «bu bizning kattaligimiz va iqtisodiy qudratimizga mos keladi va ittifoqçilarimiz bizdan haqli ravişda buni kutyapti».
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham xuddi şunday fikrda. «Bizning ittifoqimiz muvaffaqiyatli qolişi uçun yevropaliklar köproq mas’uliyatni öz zimmasiga olişi kerak. Germaniya bu borada birinçi örinda turadi», — deya ta’kidladi u. Vazirning qayd etişiça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşi NATO ahamiyati haqidagi barça savollarni olib taşlagan. «Kollektiv mudofaa yana bir bor birinçi öringa çiqdi va agar kerak bölsa, biz NATO hududining har bir santimetrini birgalikda himoya qilamiz», deb işontirdi u.
NATO boş kotibi Mark Ryutte Germaniyaning mudofaa xarajatlarini oşirganini olqişladi va Berlinning Yevropadagi yetakçilik böyiça taklifini minnatdorçilik bilan qabul qildi. «Germaniya ittifoqimizning harakatlantiruvçi kuçi. Bizga uning yetakçiligi va qat’iy harakati kerak», — dedi u.











