11-13 iyul kunlari Özbekiston hududi böyiça havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Farğona vodiysining toğli hududlarida 11 iyul kuni keçga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin, deb xabar berdi «Özgidromet».

Bugun kunduzi yoz faslining örtasi uçun nisbatan qulay bölgan havo harorati saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustuni +32...+35 darajadan, janubda +36...+39 darajadan kötarilmaydi. Eng salqin hudud Farğona vodiysi bölib, bunda harorat +28...+31 daraja atrofida bölişi kutilmoqda.

Dam oliş kunlari harorat asta-sekin kötariladi va köpçilik viloyatlarda kunduzgi harorat +35...+38 darajani taşkil eadi.

Harorat asosan keçalari +18...+23 daraja böladi.

Respublikaning ayrim joylarida 11–13 iyul kunlari şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida dam oliş kunlari havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.

Harorat asosan keçalari +20...+23 daraja, kunduz kunlari 11 iyulda +33...+35 daraja, 12–13 iyulda +35...+38 daraja böladi.