Gubkadagi namlik, issiqlik va oziq-ovqat qoldiqlari mikroblar köpayişi uçun ideal muhit yaratadi. Siz esa har kuni “zararkunandalar uyasi”ga aylangan ana şunday tozalaş vositasi bilan idiş-tovoqlarni yuvayotgan bölişingiz mumkin. Mazkur buyum har bir kvadrat santimetrida örtaça 362 xil bakteriya turini töplaydi. Ayrim holatlarda esa bitta gubkada 45 milliardgaça mikroorganizmlar mavjudligi aniqlangan. Uşbu maqolada oşxona gubkasida uçraydigan bakteriya turlari, ularning soğliqqa salbiy ta’siri hamda idiş yuviş vositasidan xavfsizroq foydalaniş yöllari haqida söz yuritiladi.
Mikroblar armiyasiga mezbonlik qilayotgan tozalaş vositasi
Taşqi körinişdan zararsizdek tuyulgan oşxona gubkasi (maçalkasi) aslida uydagi bakteriya eng köp töplanadigan buyumlardan biri sanaladi. Unda yiğiladigan zararli moddalar miqdori unitaz örindiğidagidan bir neça ming barobarga köp. Ayniqsa, u höl holatda uzoq vaqt bir joyda qoldirilganida turli kasalliklarni keltirib çiqaruvçi mikroorganizmlar uçun ideal “inkubator”ga aylanadi: iliqlik, doimiy namlik va oziq-ovqat qoldiqlarining mavjudligi mikroblar uçun qulay yaşaş muhitini yaratadi.
Ilmiy manbalarga köra, gubkada inson salomatligi uçun xavf tuğdiradigan quyidagi bakteriyalar yiğiladi:
- Salmonella – oşqozon-içak tizimi faoliyatiga ta’sir qiluvçi eng keng tarqalgan patogenlardan biri bölib, u gubkada 7 kungaça yaşay oladi. Salmonella bilan zararlaniş ovqatdan zaharlaniş holatlarining asosiy sabablaridan biridir. Infeksiya kuçli iç ketişi, harorat kötarilişi, umumiy holsizlikni yuzaga keltiradi.
- Stafilokokk (staphylococcus aureus) – bu bakteriya teri va yumşoq töqimalarda turli infeksiyalarni paydo qiladi. U yaralar, hatto öpka va qon infeksiyalarini ham hosil qilişi mumkin.
- Içak tayoqçasi (escherichia coli, E. coli) – mazkur mikroorganizmlarning ayrim turlari odam organizmida tabiiy holatda mavjud bölsa-da, uning zararli ştammlari içak yalliğlanişini yuzaga keltiradi. Holat iç ketişi, qorin oğriği, köngil aynişi kabi alomatlar bilan namoyon böladi.
- Listeriya (listeria monocytogenes) – uşbu bakteriya homilador ayol, yangi tuğilgan çaqaloq, qariya va immuniteti past odamlar uçun xavfli hisoblanadi. U past haroratda ham yaşay oladi, şuning uçun sovitilgan mahsulotlar orqali ham tarqaliş qobiliyatiga ega.
- Kampilobakter (campylobacter) – köpinça xom göştda uçraydi. U organizmga tuşgaç, 2-5 kun içida özini namoyon qilib, diareya, isitma, qorin oğriği, köngil aynişi va qusiş kabi simptomlarga sabab böladi.











