Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Isroil Ğazoda tibbiy markaz yaqiniga aviazarba berdi

Isroilning Ğazo sektoridagi tibbiy markaz yaqiniga uyuştirgan aviazarbasi natijasida 16 kişi, jumladan 10 nafar bolalar halok böldi. Bu haqda Ğazo soğliqni saqlaş rasmiylariga tayanib, Reuters naşri xabar bermoqda.

Ğazo sektorining markaziy qismidagi Deyr al-Balah şahrida röy bergan hujumdan olingan tasdiqlangan videolarda ayollar va bolalarning qon içida yotgani, çang-tözon va qiçqiriqlar fonida körinadi.

«U heç narsa qilmagan, begunoh edi, qasam içaman. Orzusi uruş tugaşi va bugun şu e’lon qilinib, maktabga qaytiş edi», — dedi portlaşda halok bölgan qizining yonida ötirgan ayol.

Isroil armiyasi bayonotida aytilişiça, zarba HAMAS a’zosiga qaratilgan bölgan. Endi esa hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda, çunki tasodifiy jabrlanganlar haqida xabarlar mavjud.

AQŞda joylaşgan Project Hope insonparvarlik taşkiloti hujum ularning «Altayara» nomli klinikasi yonida sodir bölganini bildirdi. «Dahşat va yurakni ezuvçi alamni söz bilan ifodalab bölmaydi», — deyiladi taşkilot bayonotida.

Uşbu hujum Isroil va XAMAS vakillarining Qatarda ötkazilayotgan 60 kunlik öt oçişni töxtatiş va garovdagilarni ozod qilişga oid kelişuv böyiça muzokaralari çoğida yuz berdi. Muzokaralar doimiy sulhga erişiş umidida olib borilmoqda.

Isroilning yuqori martabali rasmiysi çorşanba kuni bergan bayonotida bitimga erişiş ehtimoli bir yoki ikki hafta içida bölişi mumkinligini aytdi. AQŞ esa sulhga juda yaqin qolganini ta’kidlamoqda.

Joriy yil mart oyida avvalgi sulhdan keyin Isroil armiyasi harbiy kampaniyani qayta boşladi, natijada har kuni önlab falastinliklar halok bölmoqda. Minglab yaralanganlar esa Ğazoning oz sonli, busiz ham yonilği tanqis bölgan şifoxonalariga katta bosim ötkazmoqda.

Isroil armiyasi vakili çorşanba va payşanba kunlari şifoxonalar va boşqa gumanitar muassasalar uçun möljallangan yonilği Ğazoga kiritilganini bildirdi. Biroq BMT vakili Stefan Dyujarik bu hajmda yonilği yetarli emasligini, hayotiy muhim xizmatlar uçun ança köproq yoqilği kerakligini ta’kidladi.