Maqolada mamlakat taşqi turizmini rivojlantiriş, ayni yönalişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi faol siyosat doirasida joriy yil 6-10 iyul kunlari arab davlatlarida qator yirik tadbirlar taşkil etilganiga urğu berilgan.

Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda bölib ötgan "Özbekiston – Ipak yöli durdonasi" sayyohlik forumi alohida ta’kidlangan.

"Forumning maqsadi Özbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda tarğib qiliş, yirik xorijiy turoperatorlar, investorlar va davlat taşkilotlari bilan samarali hamkorlik örnatişdir", – deb yozgan qömita raisi. 

Forum dasturiga muvofiq nazarda tutilgan tadbirlar bir neça asosiy mavzu va yönalişlarni qamrab oldi. YuNeSKO Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy şaharlar, ma’naviyat va madaniy yöllar, pazandalik sayohati, ekologik va toğli yönalişlar noyob manzillarni namoyiş etadi.