Yevroparlament Yevropa Ittifoqini ukrainalik mahbuslar va qölga olinganlarga nisbatan zöravonlik va qiynoqlar uçun javobgar bölgan rossiyalik amaldorlarga qarşi şaxsiy sanksiyalar qöllaşga çaqirdi. Bu haqda Strasburgda Yevroparlament tomonidan qabul qilingan «Noqonuniy hibsga olingan tinç aholi va harbiy asirlarning ahvoli, şuningdek, davom etayotgan bombardimonlar töğrisida»gi rezolyutsiyada aytiladi. Yevroparlament deputatlarining 507 nafari buni yoqlab, 77 nafari qarşi ovoz berdi, 45 nafari betaraf qoldi.
Yevroparlament deputatlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi va uning davlatlaridan Rossiya asirligida bölganlarga insonparvarlik va reabilitatsiya yordamini, jumladan, tibbiy va psixologik yordam, reintegratsiya xizmatlari va huquqiy yordam oliş imkoniyatini oşirişni söradi. Şu bilan birga, Yevropa parlamenti öğirlangan ukrainalik bolalar, harbiy asirlar va noqonuniy hibsga olingan fuqarolarning oilalarini qöllab-quvvatlagani uçun Ukraina va xalqaro fuqarolik jamiyati taşkilotlariga minnatdorçilik bildirdi.
Parlament a’zolari Rossiyaning «son-sanoqsiz ukrainalik tinç aholiga nisbatan» majburan deportatsiyasi, noqonuniy hibsga olişlari va ğayriinsoniy munosabatini qoraladi. Rossiya tomoni noqonuniy hibsga olingan ukrainaliklarning oilalarini zudlik bilan ularning qayerdaligi va soğliği holati töğrisida aniq ma’lumot bilan ta’minlaşi, şuningdek, Rossiya hukumati tomonidan asirda bölgan barça ukrainalik fuqarolarni ozod qilişi talab etiladi.
«Ukraina fuqarolarining majburan köçirilişi, noqonuniy hibsga olinişi va ularga nisbatan qöpol munosabatda böliş Rossiya rejimining içki şafqatsizligi va inson hayotini oçiqdan oçiq mensimasligining namunasidir», deyiladi rezolyutsiyada. Yevroparlament Ukrainaning bosib olingan hududlarida terrorning keng tarqalgan va tizimli qöllanişi tinç aholini qörqitiş, qarşilik, norozilik va fuqarolik faolligini bostiriş, ukrain tili va milliy öziga xosligini yöq qilişga qaratilganini ta’kidlaydi.











