Tyumen viloyatining Xanti-Mansi avtonom okrugidagi Langepas şahrida 10 iyul kuni Orenburg, Çelyabinsk va Sverdlovsk viloyatlaridagi harbiy işlab çiqariş obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan magistral quvurda portlaş sodir böldi. Ukraina harbiy razvedkasi buning uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi, deb xabar berdi Bloomberg 11 iyul, juma kuni voqeani «maxsus operatsiya» deb atagan Ukraina Boş razvedka boşqarmasi (GUR) xodimiga tayanib. Agentlik bu ma’lumotni mustaqil ravişda tasdiqlay olmadi.

"Gazprom" ma’lumotlariga köra, 2024 yilda quvur orqali mamlakat içidagi iste’molçilar uçun deyarli 396 milliard kub metr gaz ötkazilgan. Obekt Moskvadan 3000 km uzoqlikda joylaşgan.

Ukraina matbuoti hisob-kitoblariga köra, uşbu gaz quvurining portlaşi oqibatida körilgan zarar 1,3 million dollardan oşişi, bilvosita yöqotişlar esa 76 million dollarni taşkil qilişi mumkin. Ukraina razvedkasining fikriça, botqoqli hududdagi oğir geologik şaroit tufayli ta’mirlaş işlari kamida bir oy davom etadi.

Ayni paytda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ Ukrainaga qurol yetkazib berişni qayta boşlaganini aytdi. «Bizda eng yuqori darajadagi siyosiy signallar bor — yaxşi signallar, ayniqsa AQŞdan, yevropalik döstlarimizdan. Barça ma’lumotlarga köra, yetkazib beriş qayta tiklangan», — dedi u.