Unda Turizm qömitasi raisi Umid Şodiyev Buxoro viloyati Jondor tumanida mahalliy aholi va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazgani haqida yozilgan.

"Uçraşuv davomida hududda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi turistik marşrutlar yaratiş hamda mahalliy aholining bu sohadagi iştirokini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar öz faoliyatida duç kelayotgan muammolar va takliflar bilan örtoqlaşdi", – deb ta’kidlangan maqolada.

Ma’lum qilinişiça, taşrif davomida Turizm qömitasi raisi Jondor tumanidagi Uşot qişloğini "turizm qişloği"ga aylantiriş borasida hududda amalga oşirilayotgan işlar bilan ham tanişgan.

"Tuman hokimligi bilan hamkorlikda tumanning "Varaxşa" arxeologik yodgorligi, "Qizbibi" ziyoratgohi, "Zarafşon" sohilböyi dam oliş maskani va "Uşot turizm qişloği"ni öz içiga olgan "turistik halqa" va 1-2 kunlik turistik dastur işlab çiqişga kelişib olindi",– deya urğulangan materialda.

Şuningdek, naşrda, oilaviy mehmon uylarini taşkil qiliş istagida bölgan mahalliy aholiga zarur yordam körsatilayotgani ham qayd etilgan.