Germaniya kansleri Fridrix Mers Rimda Ukrainaning tiklanişiga bağişlangan xalqaro anjumanda sözlagan nutqida Kiyevni xalqaro qöllab-quvvatlaş, Ukrainaning YeIga a’zo böliş yölidagi muvaffaqiyati va uni tiklaşda xususiy kapital iştiroki mamlakatda uruşdan keyin «iqtisodiy möjiza»ga erişişning uçta şarti ekanini aytdi. U Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan keyin Yevropa va Germaniyaning tiklanişi tarixda uruşdan keyingi tiklanişning eng muvaffaqiyatli namunalaridan biri bölganini eslatdi. «Men notöğri tarixiy öxşaşliklar keltirmoqçi emasman. Lekin öşa paytda qöllangan retseptlarning ba’zilari Ukrainani qayta tiklaşga e’tibor qaratayotgan bugungi kunda bizga xizmat qilişi mumkin», — dedi Germaniya hukumati rahbari.

Mersning sözlariga köra, Ukraina allaqaçon dunyoning eng yirik iqtisodlari va jamğarmalaridan xalqaro qöllab-quvvatlovga erişgan. Germaniya Ukraina energetikasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasining eng yirik donoriga aylandi, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşidan keyin Germaniyani tiklaşni moliyalaştirgan KfW davlat taraqqiyot banki modeli asosida Ukraina biznesni rivojlantiriş jamğarmasini işlab çiqmoqda, dedi Mers.

Fridrix Mers Ukrainani qayta tiklaşning ikkinçi asosiy omilini uning Yevropa integratsiyasi deb atadi. Berlin Yevropa Ittifoqiga a’zolik yölida Kiyevni qöllab-quvvatlaşini ta’kidlagan Germaniya kansleri islohotlar, jumladan, qonun ustuvorligini mustahkamlaş va korrupsiyaga qarşi kuraşga çaqirdi.

Mers, şuningdek, xususiy biznesning Ukrainani tiklaşda iştirok etişi zarurligini ta’kidlab, nemis kompaniyalari bunday loyihalarga qiziqiş bildirişini ta’kidladi. Bundan taşqari, Germaniya Yevropa Komissiyasi, Yevropa investitsiya banki, şuningdek, Italiya, Polşa va Fransiya bilan birgalikda Ukrainani tiklaş böyiça Yevropa flagman jamğarmasini işga tuşirmoqda, u uşbu maqsadlar uçun katta hajmdagi xususiy investitsiyalarni jalb etişni maqsad qilyapti.