Prezidentning (2025 yil 11 iyuldagi) “Soliqqa oid nizolarni sudgaça hal qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari böyiça ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar böyiça ekspert kengaşi taşkil etildi va uşbu kengaşga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov rahbarlik qilişi belgilandi.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, uşbu ekspert kengaşi tarkibiga körib çiqilayotgan nizolarning şaffofligini ta’minlaş maqsadida mustaqil soliq maslahatçilari ham kiritilgan.

Qaror bilan ekspert kengaşi faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyiagilar belgilangan:
◾️tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari örtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni körib çiqiş va ular yuzasidan xulosalar beriş;
◾️ soliq qonunçiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qöllanişini örganiş, şuningdek, huquqni qöllaş amaliyoti sifatini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
◾️soliqqa oid nizolarni körib çiqişda biznes hamjamiyati, davlat organlari va taşkilotlari hamda ilmiy taşkilotlar bilan özaro hamkorlik örnatiş.
Ekspert kengaşi doimiy faoliyat yurituvçi kollegial organ sifatida taşkil etiladi.
Şu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi Ekspert kengaşining faoliyatini taşkil etiş böyiça işçi organ hisoblanadi.
Ekspert kengaşiga soliqqa oid nizolarni körib çiqişda quyidagi vakolatlar berilyapti:
◾️ soliq organlarining qarorlaridan norozi bölgan tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini körib çiqiş, bundan jinoyat işi doirasida yoki sud tartibida körib çiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;











