AQŞ 1 avgustdan boşlab Yevropa Ittifoqi va Meksika tovarlariga 30 foizlik bojlar joriy qiladi. Bu haqda Donald Tramp Meksika prezidenti va Yevrokomissiya rahbariga yöllagan maktublarida ma’lum qilgan.
«Yevropa Ittifoqi Qöşma Ştatlarga öz bozoriga töliq kiriş huquqini beradi. Aks holda, tariflarni oşirişga qaror qilsangiz, bu tariflar biz joriy qilgan 30 foizga qöşiladi», deyiladi maktubda.
Donald Tramp 7 iyul kuni Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga savdo tariflarini oşirişni 1 avgustga köçiriş haqidagi farmonni imzolagan edi.
Avvalroq, Amerika prezidenti Kanada uçun 35 foizlik va Braziliyada işlab çiqarilgan tovarlarga 50 foizlik tariflarni e’lon qilgan edi.
Qayd qilinişiça, çoralar Qöşma Ştatlarning uşbu mamlakatlar bilan bölgan «savdo kamomadi» tufayli joriy etilyapti. Oq uy rahbari AQŞ bilan savdo bitimini tuzmagan barça davlatlarga tariflar oşirilişi haqida maktub jönatmoqda.











