Pentagon Tayvan uçun AQŞ hamda Xitoy örtasida uruş çiqişi mumkinligi sabab Yaponiya va Avstraliya hukumatlaridan öz rollarini aniq belgilab olişni qat’iy talab qilmoqda, deb yozadi Financial Times. Naşrga köra, bu talablar ikki mamlakat rasmiylarini hayratga solgan.

AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Elbrij Kolbi oxirgi oylarda Yaponiya va Avstraliya mudofaa idoralari vakillari bilan uçraşuvlarda uşbu mavzuni faol kötarmoqda. AQŞ vakili ittifoqçilaridan majburiyat talab qilyapti, şuningdek, ular bilan XXRning Tayvanga nisbatan tahdidi oşib borayotgani fonida mudofaa xarajatlarini oşirişni muhokama qilmoqda.

Yaponiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, «Tayvan bilan boğliq favqulodda vaziyat»ga oid gipotetik masalani» izohlaş qiyin. Ular har qanday harakatlar «konstitutsiya, xalqaro huquq va milliy qonunçilikka asoslangan» bölişini qöşimça qilgan. Avstraliyaning AQŞdagi elçixonasi izoh berişdan boş tortgan.

Material e’lon qilinganidan söng Kolbi X ijtimoiy tarmoğiga Pentagon prezident Donald Trampning «tiyib turişni tiklaş va kuç orqali tinçlikka erişiş» siyosatini amalga oşirayotganini yozdi. Pentagon rasmiy vakili Şon Parnell ham bunga izoh berdi: «Biz uruşga intilmayapmiz. Biz Qöşma Ştatlar hamda uning ittifoqçilari diplomatiya va tinçlikni qöllab-quvvatlaş uçun zarur bölgan harbiy kuçga ega bölişini ta’minlaş tarafdorimiz».