Assalomu alaykum. Bugun, 13 iyul, yakşanba. Umrimizning yana bir haftasi ortda qoldi. Hafta davomida Ozarboyjon va Armaniston liderlari neytral hududda gaplaşib oldi, Tramp Putinga nisbatan ohangini özgartirdi, Rossiyada butun boşli vazir özini öldirdi, Ukrainada maxfiy komandir öldirildi. Quyida haftaning ba’zi muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Aliyev va Paşinyan uçraşdi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat Rossiya bilan nizolaşayotgani fonida Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan bilan uçraşdi. Uçraşuv Abu-Dabida ötkazilib, unda tomonlar Naxiçevonga Armaniston hududi orqali yöl tortiş va tinçlik şartnomasi tuzişga xalaqit beradigan boşqa masalalarni muhokama qilgan.

Esingizda bölsa, bunaqa formatdagi uçraşuvlar odatda Moskvada ötar, unda Vladimir Putin ham iştirok etardi. Ammo Ozarboyjon va Armaniston endi özaro muammolarni yakkama-yakka uçraşuvlarda hal qilişga kirişdi. Aliyev va Paşinyan ilk marta töğridan töğri, yolğiz muzokara ötkazişdi. Buni ikki davlat örtasidagi tinçlik jarayonining boşlanişi deb qaraşmoqda. Biroq hozirça uçraşuvda heç qanday kelişuv bölmagan.

Trampning ohangi özgardi

Hafta davomida AQŞ prezidenti Tramp dunyodagi reallikni anglaş böyiça oldinga siljidi desak böladi. Çunki Oq uy rahbari nihoyat Rossiya va uning özgarmas lideri uruşni tugatmoqçi emasligini tuşunib yetayotganga öxşaydi. Buni köpçilik allaqaçon tuşunib yetgandi, Amerika prezidenti boşqalardan oldin sezişi kerak edi demang, mayli, heçdan köra keç.

Tramp jurnalistlar bilan uçraşuvda Putin köp çiroyli gaplar aytayotgani, lekin unda uruşni tugatiş istagi yöqligini aytdi. «Putin köp bölmağir narsalarni gapirmoqda. Ular gapda yaxşi eşitiladi, lekin amalda heç qanday naf yöq. Men Rossiyaga qarşi sanksiyalarni jiddiy tarzda körib çiqyapman», dedi Tramp.

Keyinçalik turli naşrlar Tramp Rossiyaga qarşi neftga aloqador sanksiyalar e’lon qilişi mumkinligini yozib çiqdi, biroq amalda heç qanday özgariş bölgani yöq. Trampning ta’biri bilan aytganda, uning gaplari çiroyli eşitiladi, lekin amalda heç narsa yöq.

AQŞ qurol yetkazişni tikladi

Donald Tramp Rossiya prezidenti Putin bilan oltinçi marta telefonda gaplaşib, hafsalasi pir bölgaç, Vaşington Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni qayta tikladi. Avvalroq Pentagon rahbari Pit Hegset Oq uyni ogohlantirmay, Ukrainaga harbiy yordamni töxtatgani aytilgandi. Aftidan Tramp Putin bilan mantiqsiz suhbatdan keyin yana qurol yetkazib beriş böyiça buyruq bergan. Xususan, Kiyevga eng zarur qurollardan bölmiş 155 millimetrli artilleriya snaryadlari yetkazib beriş tiklangan. Tez orada AQŞ Ukrainaga qöşimça 10 ta patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berişi mumkin.