KXDR Ukraina bilan uruş uçun Rossiyaga qurol va artilleriya snaryadlari ortilgan 28 mingta konteyner yetkazib bergan. Bu haqda Janubiy Koreya Harbiy razvedka agentligi hisobotiga tayanib Yonhap xabar berdi.

Qayd etilişiça, Rossiya armiyasi, xususan, 12 milliondan ortiq 152 millimetrli jangovar öq-dorilarni qabul qilib olgan. Şuningdek, 2024 yil oktyabrdan beri Şimoliy Koreya ittifoqçisiga 13 mingga yaqin harbiysini ham yuborgan. Ular Ukraina Qurolli kuçlarini Kursk oblastidan çiqarib yuborişda RF armiyasiga yordam bergan.

Pxenyanning Ukrainaga qarşi uruşdagi iştiroki allaqaçon KXDR iqtisodiyotiga 20 milliard dollardan ortiq mablağ keltirgan. KIDA tahliliy markazi ma’lumotlariga köra, asosiy daromad aynan öq-dorilar yetkazib berişdan kelib tuşgan. Örtaça hisobda Şimoliy Koreya Rossiya qöşinlarini ular uçun zarur bölgan snaryadlarning yarmi bilan ta’minlayapti, ammo ayrim bölinmalar yuz foiz KXDRga boğlanib qolgan. Ğarb amaldorlari Rossiyada işlab çiqariladigan öq-dorilarni 2024 yilda 2-2,3 millionga baholagan edi.

Bundan taşqari, Pxenyan texnologiyalarni topşiriş orqali 630 million dollar va askarlari ortidan yana 280 million dollar işlab olgan. Iyun oxirlarida Janubiy Koreya razvedkasi KXDR Rossiyaga qöşimça harbiy yuborişga tayyorgarlik körayotganini ma’lum qilgandi. Kiyev ma’lumotlariga köra, Pxenyan Moskvaga yordam uçun yana 25-30 ming askar jönatişi mumkin.

Rossiya hozirga qadar Şimoliy Koreyadan uzoq masofaga möljallangan artilleriya, zalp öt oçiş tizimlari, minomyotlar va ballistik raketalarni qabul qilib olgan.

Eslatib ötamiz, KXDR rahbari Kim Çen In 12 iyul kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Muzokaralar yakunida Rossiya va KXDR örtasida 2026-2027 yillarga möljallangan vazirliklararo almaşinuv rejasi imzolandi.