Amerikaning Falcon 9 raketasi 13 iyul kuni Isroilning Dror-1 aloqa sun’iy yöldoşini orbitaga olib çiqdi.

Qayd etilişiça, raketa Floridaning Kanaveral burnidagi Amerika Kosmik kuçlariga qaraşli 40-start majmuasidan uçirilgan.

Dror-1 aloqa sun’iy yöldoşi mamlakat hukumatining buyurtmasiga köra, «Isroil aviatsiya sanoati» mudofaa konserni tomonidan işlab çiqilgan. Qiymati salkam 200 million dollar turadigan apparat 15 yil xizmat qilişi rejalaştirilgan.

Parvoz vaqtida Falcon 9’ning 13-marotaba foydalanilgan köp martalik birinçi poğonasi Atlantika okeanidagi Just Read the Instructions dengiz platformasiga boşqariluvçan vertikal qönişni amalga oşirdi.

Eslatib ötamiz, yanvar oyida SpaceX BAAga tegişli sun’iy yöldoşni orbitaga uçirgandi. Thuraya 4 sun’iy yöldoşi Yevropa, Yaqin Şarq va Afrikada mobil aloqani taqdim etişga möljallangan.